5
KIRISH
O`zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish
tizimida olib borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan
birgalikda, davlat budjetining g`azna ijrosiga bosqichma-bosqich
o`tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomil lashtirishni
nazarda tutadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari
yordamida
davlat
mablag`larining
harakati
to`g`risidagi
ma'lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish usullarini
o`zlashtirish asosida davlat moliyasini boshqarishning samarali
usul va vositalarini shakllantirish va muvofiq holda ishlashini
ta'minlash zarur bo`ladi.
Mamlakatimizda davlat budjetining g`azna ijrosini samarali
tatbiq etishga faqatgina barqaror rivojlanish ko`rsatkichlariga
erishganimizdan keyingina muvaffaq bo`lindi. O`zbekiston
hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham keng
qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat budjeti g`azna
ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko`rishimiz mumkin.
Davlat budjetining g`azna ijrosi davlat budjeti va davlat
maqsadli jamg`armalarining barcha daromadlarini, shuningdek,
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha
tushumlarini yagona g`azna hisobraqamiga jamlash va ularning
barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni
nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar,
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari, davlat
qarzlari va ularga xizmat ko`rsatish jarayonlarining tezkor
nazorati va monitoringini olib borish, davlati mablag`larining
samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining
harakati – to`g`risida operativ tarzda ma'lumotlami jamlash
imkonini beradi.
Taraqqiyotimizning
bugungi
sharoitida
mamlakatimiz
iqtisodiyotida sodir bo`layotgan tarkibiy o`zgarishlar butun
moliya tizimida, uning markaziy bo`g`ini bo`lgan davlat
moliyasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyasini
boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko`nikmalarga ega
bo`lish zarurligini talab qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat
davlat moliyasi haqidagi ma'lum nazariy bilimlarga ega bo`lgan,
balki davlat budjeti g`azna ijrosi jarayonlarida vujudga
keladigan
holatlarni
tushuna
oladigan,
budjet
ijrosi
ishtirokchilari bo`lgan moliya organlari, g`aznachilik
bo`linmalari, budjet tashkilotiari va budjetdan mablag`
oluvchilar amaliy faoliyatini samarali tashkil qila oladigan,
davlat mablag`larini samarali boshqarishga qaratilgan boshqarav
qarorlarini qabul qila oladigan zamonaviy mutaxassislar
tayyorlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu sababli
davlatmoliyasi
uchun
tashabbuskor,
ijodiy
fikrlaydigan
mutaxassis kadrlarni tayyoriashda budjet-moliya va budjetning
g`azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o`rganishga muhim o`rin
beriladi.
Jamiyatning bu talabini anglagan holda, shuningdek, Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturining ta`lim tizimiga yangi avlod
darsliklarini yaratish bo`yicha dasturiy vazifasini bajarish
maqsadida mualliflar tomonidan oliy talimning tegishii
yo`nalishlaridagi
talabalar
uchun
"g`aznachilik"
nomli
ma`ruzalar matni yaratildi. Ushbu ma`ruzalar matnining
maqsadi talabalarda davlat budjeti g`azna ijrosini tashkil etish va
g`aznachiiik
faoliyati
haqidagi
yaxlit
bilimlar
tizimini
shakllantirish, g`aznachilik mexanizmlarining amal qilish
xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
|