Narshax
Narshax, Narjak, — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qad. qishloq. Ilk oʻrta asrlarda N.da
katta hisor (qoʻrgʻon) boʻlgan.
Muqanna qoʻzyulonittg markazlaridan biri shu qishlokda joylashgan. 776 yil aprelda Muqanna
tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari oʻrtasida N.da katta jang boʻladi. Xalifa
Maxdiyning vaziri Jabroil ibn Yaqyo arablarga yordamga kelib, N.ni qamal qiladi. Toʻrt oylik
janglarda Hosim Ahmad boshchiligidagi Muqanna tarafdorlari boʻlgan oq kiyimliklar gʻalaba
qozonishtan. Birok, arablar hiyla yoʻli bilan N.ni egallab, qoʻzgʻolon rahbarlarini xoinlarcha
oʻldirishadi. Bu paytda N.ning hokimi boʻlgan ayol kishi (erining nomi Sharaf boʻlib, u Abu
Muslimnpng lashkarboshisi boʻlgan)ni ham Jabroil oʻldirtirgan.
N.dan mashhur tarixchi olim Narshaxiy chiqqan. N. haqida Abu Saʼd asSamʼoniyning "Kitob al-
ansob" asarida ham muhim maʼlumotlar mavjud (12-asr). Hozirgi N. Narchoqtepa nomi bilan
mashhur.
Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966; Kamaliddinov Sh., "Kitob alansab" Abu Saʼda Abdalkarima ibn
Muhammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, T., 1993.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot
Manbalar
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Narsha
x&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Narshax&oldid=2280761
"
dan olindi