Evropa xalqlari- butun yarim milliardna yaqin va hozirgi jahon madaniyati tarixida muhim
rol wynagan. Ular eng qadimgi zamonlarda, ayniqsa, kwhna Gretsiya va Rim davrlaridan boshlab
deyarli olamga tarqalgan bugungi Evropa madaniyatiga asos solgan elatlarning avlodlaridir. Bu
qadimiy madaniy meros, buyuk geografik kashfiyotlardan keyin yug`onish davrlaridan boshlab
tsivilizatsiyaning gurkirab wsishi natijasida qayta tiklanib, boshqa qit`alarga ham tarqalgan edi.
Zamonamiz madaniyatini Evropada paydo bwlgan qadimgi Gretsiya va Rim madaniyatlarisiz
tasavvur qilish qiyin. XIX asrning mutaffakkirlaridan birining ta`rificha «... Qulik bwlmaganda,
grek davlati, grek san`ati va grek fani ham bwlmas edi; qullik bwlmaganda Rim davlati ham
bwlmas edi. Gretsiya bilan Rim qurib bergan poydevor bwlmaganda esa hozirgi Evropa ham
bwlmas edi».
Evropada odamning uzoq davrlarda paydo bwlishi, aholining zichligi, sanoat va qishloq
xwjaligining gurkirab wsishi uning tabiiy sharoitining ancha wzgarishiga sabab bwlgan.
Evropaliklarning hayotida va tabiatida yirik sanoat markazlarining shakllanishi, bir-biriga chatishib
ketgan ekin dalalari va qishloqlarning, sun`iy wrmonlar va turli transport vositalarining yaratilishi
muhim ahamiyatga ega bwlgan. Hozirgacha Evropa mamlakatlarining kwpining okean va dengizlar
bilan bog`liq bwlishi, ularning iqtisodiyoti va madaniyatida katta rol wynab kelmoqda. Ayniqsa,
dengiz savdosi, okean va dengiz mahsulotlaridan foydalanish bu mamlakatlarning taraqqiyotiga
beqiyos ta`sir qilib kelgan.