Etnologiya uzb


Melaneziya  va  Mikroneziya  xalqlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/141
tarix22.02.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#52956
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
etnologiya

Melaneziya  va  Mikroneziya  xalqlari:«Qora  orollar»  deb  atalgan  Melaneziyaga  papuaslar 
wlkasi  –  Yangi  Gvineya,  Birmark  arxipelagi,  Yangi  Gebrid,  Fidji,  Yangi  Kaledoniya  va  boshqa 
mayda orollar kiradi. Mustamlaka arafasida papuaslar va melanehiyaliklar xwjalik jihatdan deyarli 


 
68 
 
bir darajada turganlar. Ularning xwjaligida eng bosh soha topik tipdagi qashshoq bwlganligi tufayli 
ovchilik deyarli rivojlanmagan. 
Melaneziyaliklarning  asosiy  qurollaridan  toshbolta,  nayza,  choqmor,  wq-yoy  (Yangi  Gebrid 
orollarida  eng  muhim  qurol),  palaxmon  kabilar  keng  tarqalgan.  Mudofaa  uchun  ba`zan  yog`och 
yoki twqima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yag`och va bambukdan, kokos yong`og`idan 
yoki  qovoqdan  yasaganlar.  Charxsiz  kulolchilik,  savat,  bwyra,  xalta,  yelpig`ich,  kabi  buyumlarni 
twqish keng rivojlangan. Ammo gazlama twqishni bilmaganlar, tapa (maxsus daraxt qobig`i)dan va 
wsimlik yaprog`idan etakli belbog` va hokazo tikilgan. 
Melaneziyada  patriarxal  quldorlik  paydo  bwlgan.  Qullar  harbiy  asirlar  hisobiga  twldirilgan. 
Patriarxal  tipdagi  juft  nikoh  uncha  mustahkam  bwlmagan.  Butun  jamoa  ishlarini  belgilab  va 
boshqarib  turuvchi  qavmi  qarindoshlik  munosabatlari  ancha  wzgargan,  katta  qalin  twlash, 
kwpxotinlik  paydo  bwlgan.  Gvineyaga  borgan  Ya.Volnevich  swnggi  wn  yillikda  kelin  bahosi  wn 
hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bwlib, kambag`al yigitlarga 
uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan. 
Eri  wlganda  xotini  ancha  vaqt  motam  tutgan,  keyin  erining  jasadini  qabrdan  kovlab  olib 
ariqda  yuvgan,  kalla  suyagini  maxsus  twr  xaltaga  solib  wzi  bilan  olib  yurgan.  Kukuku  qabilasida 
kishi  wlgandan  keyin  jasadni  uyda  maxsus  ustanga  yotqizib  bir  oycha  dudlatib  quritganlar,  swng 
chiptaga wrab qabristonga eltib qwyganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba`zan 
bir  skelet  suyagini  taqib  yurish  umrining  oxirigacha  swzilishgan  hollari  kuzatilgan.  Faqat 
qaynog`asi  yoki  qaynisining  ruxsati  bilan  beva  ayol  motamni  tugatib,  yangi  turmush  qurishi 
mumkin  bwlgan.  Ilgari  ayrim  qabilalarda  bolasi  wlgan  ayol  bir  barmog`ini  motam  belgisi  sifatida 
kesib tashlagan va bwyniga osib yurgan. 
Papuas  va  melaneziyaliklarning  diniy  e`tiqodida  mana  tushunchasi  muhim  rol  wynagan. 
Mana  tabiatning  turli  hodisalari,  arvohlar,  boy  kishilar  bilan  bog`liq  qandaydir  qiyofasiz  kuch 
hisoblangan.  Eng  kuchli  mana,  odatda,  qabila  boshliqlari,  erkaklar  ittifoqi  rahbarlari  va  ularning 
arvohlariga xos bwlib, ularga sig`inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat 
kuchli  bwlgan.  Ajdodlarning  arvohlariga  sig`inish  e`tiqodi  wliklarning  kalla  suyagini  maxsus 
muqaddas  joylarda  saqlash  odatini  yaratgan.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumidan  sinfiylikka  wtish  davriga 
xos  turli  animistik  tasavvurlar,  sehrgarlik  e`tiqodi  (ayniqsa,  boshliqlar  manasi  kuchi),  dahshatli 
prvohlar  obrazi  va  u  bilan  bog`liq  marosimlar  melaneziyaliklarning  ma`naviy  madaniyatiga  ta`sir 
etgan. 
Mikroneziya  xalqlarning  tillari  kam  wrganilgan,  ammo  swnggi  klassifikatsiya  ma`lumotlari 
malayya-polineziya 
turkumi 
avstroneziya 
til 
oilasiga 
oid 
ekanligini 
tasdiqladi. 
Mikroneziyaliklarning kwp qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. 
Shulardan  eng  kattalari  Gilbert  arxipelagidagi  tungaru  (64  ming  kishi)dir.  Sof  okeaniya  tilida 
swzlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G`arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi 
(15  ming  kishi)  G`arbiy  mikroneziyada  yashaydi.  Bulardan  tashqari  kwp  sonli  metislar  va 
immigrantlar ham mavjud. 
Mikroneziyaliklarning xwjaligida serunum erlar  kam bwlganligi tufayli faqat kokos palmasi, 
shakarqamish, non daraxti wstiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun kwradi. Mayda orollarda 
qisman  wziga  xos  madaniyatga  ega  bwlgan  dengiz  kwchmanchilari  deb  nom  olgan  qabilalar  ham 
yashaydi.  Baliq  ovi  ashyolarini  tayyorlash  ancha  rivojlangan:  30-40  metr  keladigan  yog`och 
tolalardan twqilgan twrlar, bambukdan pwpak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xil 
twrlar, sanchqi va hokazo.  

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin