www.ziyouz.com kutubxonasi
3
zoe qilmaydi. Balki qabul qiladi va unga ajr beradi. Shirk va kufrdan boshqa gunoh qilib
tavba qilmay, imon bilan o‘tgan kishi Allohning xohishida, agar istasa, uni do‘zax bilan
azoblaydi va xohlasa, uni afv qiladi va do‘zax bilan abadiy azoblamaydi, deymiz. Biror
ishda riyo bo‘lsa, ajrini yo‘q qiladi. Shuningdek, g‘ururlanish ham.
— Payg‘ambarlar mo‘‘jizalari, avliyolarning karomatlari haqdir. Ammo Allohning
dushmanlari — Iblis, Fir’avn, Dajjol kabilarda bo‘lgan va bo‘ladigan mo‘jiza va odatdan
tashqari ishlarni karomat ham deb atamaymiz. Bularni biz ularning hojatlarini chiqarish
deb ataymiz. Chunki Alloh dushmanlarini dunyoda g‘ururda, oxiratda azobda qolishi
uchun hojatlarini ravo qiladi. Ular bu bilan mag‘rurlanib, kufru tug‘yonda haddan oshib
ketadilar. Bu mumkindir.
— Alloh maxluqlarni yaratmasidan ilgari qam yaratuvchi va ularga rizq bermasdan oldin
ham rizq beruvchi zotdir. Alloh taolo oxiratda ko‘rinadi. Uni mo‘minlar Jannatda o‘z
ko‘zlari bilan o‘xshashsiz, tasavvursiz, o‘rtada masofasiz ko‘radilar.
— Imon iqror va tasdiqdir. Yeru osmon ahlining imoni ozaymaydi ham, ko‘paymaydi
ham. Mo‘minlar imonda va tavhidda tengdirlar, amallarda esa ular bir-birlaridan
ortiqdirlar.
Islom taslim bo‘lmoq va Allohning buyruqlariga bo‘yinsunmoqdir. «Imon» va «Islom»
so‘zlarida lug‘aviy ma’no jihatidan farq mavjud bo‘lsa-da, imonsiz Islom bo‘lmaganidek,
Islomsiz imon ham bo‘lmaydi. Ularning ikkalasi bel bilan qorindek. Din imon, Islom va
ahkomlarning hammasining nomidir.
— Biz Alloh taoloni, Kitobida zotini vasf qilganidek, hamma sifatlari bilan haqiqiy
taniymiz. Hech kim Allohga U loyiq bo‘lgan haqiqiy qullikni ado etolmaydi. Ammo Uning
amri bilan, U buyurganiday Unga qullik qiladi. Mo‘minlarning barchalari Allohni tanishda,
ishonishda, Unga suyanishda, Uni sevishda, Undan rozi bo‘lishda, Undan qo‘rqishda,
Undan umidvor bo‘lishda va imonda bir-birlari bilan tengdirlar. Ammo ular bir-birlaridan
amalda farq qiladilar.
— Alloh bandalariga fazlu karam qiluvchi va adolatli zotdir. U fazl aylab, bandaga u loyiq
bo‘lganidan bir necha barobar ziyoda savob beradi. U adl aylab, bandaga gunohi uchun
azob beradi va fazl aylab, uning gunohini afv qiladi.
— Payg‘ambarlarning, alayhimussalom, shariatlari haqdir va Payg‘ambarimizning,
alayhissalom, gunohkor va azobu uqubatga loyiq bo‘lgan, gunohi kabira qilgan mo‘min
bandalarni shafoat qilishlari haqdir.
— Qiyomat kuni tarozida amallarning tortilishi haqdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu
alayhi va sallam, jannatda hovuzlari borligi haqdir. Qiyomat kuni xusumatchilar
o‘rtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari hakdir. Agar ularning
yaxshi amallari bo‘lmasa, mazlumlarning yomon amallari zolimlarga ortilishi haq va
joizdir.
— Jannat va do‘zax hozir yaratib qo‘yilgandir, ular abadiy yo‘q bo‘lmaydilar. Hurlar ham
abadiy o‘lmaydilar. Allohning iqobi va ajri yo‘q bo‘lmaydi, ular abadiydir. Alloh istagan
bandasini fazl aylab, hidoyatga soladi. Istagan bandasini adl aylab, izlol etadi. Alloh
taoloning izloli xizloniydir. Xizlonning tafsiri — O’zi rozi bo‘ladigan amallarga bandani
moyil qilmasligidir. Bu Allohning adlidir. Shuningdek, moyil qilinmaganni gunoh uchun
jazolash ham adolatdir. Biz, shayton mo‘min bandaning imonini zo‘rlab, qahr qilib tortib
oladi, demaymiz. Balki biz, banda oldin imonini tark etadi, ana shu vaqtda shay-ton
undan imonini tortib oladi, deymiz.
— Qabrda Munkar va Nakir nomli farishtalar savollarining bo‘lishi haqdir. Qabrda
bandaga uning ruhi qaytarilishi haqdir. Qabrning qisishi haqdir. Qabrda hamma
kofirlarga va ba’zi bir osiy musulmonlarga azob bor va bu haqdir.
— Alloh taoloning yad sifatidan boshqa mutashobih hamma sifatlarini arabchadan
Al-fiqh al-akbar. Imomi A'zam Abu Hanifa
Dostları ilə paylaş: |