1-Mavzu: StartUp g‘oyasini topish va uni baholash Reja: Iste’molchilarni izlash



Yüklə 296,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.02.2022
ölçüsü296,79 Kb.
#53201
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu (4)



1-Mavzu: StartUp g‘oyasini topish va uni baholash 

 

Reja: 

1. 


Iste’molchilarni izlash 

2. 


G‘oyani baholash 

3. 


Bozor tadqiqotlar olib borish 

4. 


G‘oya generatori 

 

1. Iste’molchilarni izlash 

 

 

Marketing tadqiqotlari marketing  faoliyatining barcha jabhalari bо‘yicha 



qaror  qabul  qilish  bilan  bog‘liq.  Bozorni  baholash  va  iste’molchilik  talabini 

о‘rganish bо‘yicha marketing tadqiqotlarining asosiy yо‘nalishlarini  tavsiflaymiz. 



Iste’molchilarni 

tadqiq 

qilish 

iste’molchilarni  tovarni  tanlashga  undovchi 

omillar  majmuini  (daromad,  ijtimoiy  holat, 

yosh  tuzilmasi,  ma’lumoti  va  hokazo) 

aniqlash va о‘rganishga imkon beradi. Yakka 

tartibda iste’molchilar, oilalar, uy xо‘jaliklari 

hamda  iste’molchi  tashkilotlar  bu  yerda 

obyekt vazifasini bajaradi. Tadqiqot predmeti 

iste’molchilarning  bozordagi  xulq-atvori  va  uni  belgilab  beruvchi  omillar 

hisoblanadi.  Iste’mol  tuzilmasi,  tovarlar  bilan  ta’minlanganlik,  iste’mol  talabi 

tendensiyalari о‘rganiladi.  

Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar 

bilan  qondirish  mexanizmini  aniqlash  katta  ahamiyatga  ega.  Faqat  shundagina 

mahsulot  kо‘p  sotilishiga  umid  qilish  mumkin.  Taklif  etiluvchi  mahsulot  avvalo, 

iste’molchi uchun foydali bо‘lishi, undan  keyingina ishlab chiqaruvchining о‘ziga 

yoqishi lozim. 

Raqobatchilarni о‘rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega 

bо‘lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma’lumotlarni olishdan 

iborat.  Shu  maqsadda  raqobatchilarning  kuchli  va  zaif  tomonlari  tahlil  qilinib, 

ularning  bozordagi  ulushi,  iste’molchilarning  raqobatchilar  marketing  vositalariga 

(tovarni  takomillashtirish,  tovar  markalari,  reklama  kompaniyalari,  servisni 

rivojlantirish)  reaksiyasi  о‘rganiladi.  Raqobatchilarning  moddiy,  moliyaviy  va 

mehnat  salohiyati,  mehnat  faoliyatini  boshqarishni  tashkil  qilishi  о‘rganiladi. 

Bunday  tadqiqotlar  natijasida  bozorda  raqobatchilarga  nisbatan  qulay  holatga 

erishish uchun imkoniyat va yо‘l tanlash, taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat 

bо‘yicha ustunligini ta’minlash strategiyasini aniqlash mumkin bо‘ladi. 




Yüklə 296,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin