Sizni kuylayman


KO'ZLARINGGA  TERMULSAYDIM



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

KO'ZLARINGGA  TERMULSAYDIM
Daralarga  qamab qo'yib  bo'ronlarni, 
Tinchlatirsam  yurakdagi suronlarni.
Bir erkalab,  bo'yin to'ksam  rayhonlarning, 
Huzuringga  men  o'zimni  keltursaydim, 
Ko'zlaringga  termulsaydim, termulsaydim.
Umr tushdek izsiz,  shitob o'tayotir,
Umidimni yanchib,  mutab  o'tayotir.
Oy  iqida  shoshqin  oftob o'tayotir,
Shul  hajrni  men  vaslga  yetkursaydim, 
Ko'zlaringga  termulsaydim, termulsaydim.
Ehromlar ham  bir kun  turob  bo'lar ekan,
Koinot ham  to'zg'ib,  xarob  bo'lar ekan.
Faqat sevgi  mangu  va  sof bo'lar ekan, 
Bilganimni endi  senga  bildirsaydim,
Ko'zlaringga  termulsaydim, termulsaydim.
Ko'z yoshlarim,  shoshilmangiz,  ketmang  toshib, 
Qon  yurakka  malham  bo'lar sho'r ko'z yoshi. 
Quvonchlardan  kechib,  qayg'ulardan  qochib, 
She'rlar aytib,  yig'latsaydim,  kuldirsaydim, 
Ko'zlaringga  termulsaydim, termulsaydim.
Aytgil,  hamon  bormi  shirin  arazlaring? 
Salomatmi  orzularing,  havaslaring.
Qulog'imdan  ketgani  yo'q  nafaslaring...
Seni  yana  bir ko'rishga  ulgursaydim, 
Ko'zlaringga termulsaydim, termulsaydim.
1997

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin