AYTGIL, DO'STIM!
Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo'lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko'zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun,
Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Eldan ketib, el bo'lganni kim biladi?
Don axtargan go'shtxo'rlarga em bo'ladi.
Dil qonasa, ona tuproq em bo'ladi,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Qachongacha qorning o'ylab o'tadirsan?
Qachongacha ko'kdan chalpak kutadirsan?
Axir Vatan bitta, sen ham bittadirsan,
Aytgil, do'stim, nima qildik vatan uchun?
Buncha bino qo'yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo'lgin dehqonlarga,
Suyangani tayoq bo'lgin cho'ponlarga,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Hech kimdan kam emassan, kam bo'lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo'lib kulmagaysan.
Qachon belni mahkam tortib bog'lagaysan?
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko'rgin o'zingga sen,
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
2004
Dostları ilə paylaş: |