Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Delegatsiya – (lot. delegatio- yuborish, tayinlash) biror tashkilot yoki davlat 

tomonidan belgilangan, yuborilgan vakillar guruhi. 

 Da’vatnoma – biror ish-harakatga yoki biror g’oyaviy- ma’naviy maslakka 

va sh.k ga da’vat etuvchi, undovchi xat, varaqa.  



Deputat  –  (lot.  deputats-  vakil  qilingan,  yuborilgan)  vakolatli  davlat 

organiga saylangan kishi vakil. Jamoa (guruh), bajarish uchun vakil qilingan shaxs.  




 

- 37 - 


Musodara  –  a.  mol-mulkni  majburiy  ravishda  davlat  ixtiyoriga  o’tkazish; 

tortib olish. 

Shulardan  kelib  chiqib,  aytish  mumkinki,  sohaviy  terminologiya 

muammolarini  o’rganishga  bag’ishlangan  tadqiqot  ishlariga  keng  yo’l  ochildi, 

binobarin,  siyosiy  terminlar  ham  tadqiqotchilar  diqqat  markazidagi  muhim 

masalaga  aylandi.  Jumladan,  H.  Dadaboyev,  Z.  Xolmonova,  A.  O’razboyev,  A. 

Abdullayevlar bu sohada bir qator izlanishlar olib bordilar va izlanmoqdalar. 

Mazkur tadqiqotlarda siyosat tili va uslubi, siyosat sohasida qo’llanilayotgan 

terminlar tarixiy va zamonaviy nuqtai nazardan atroflicha tadqiq etilgan bo’lishiga 

qaramay,  bu  sohada  hali  o’zining  to’liq  yechimini  topa  olmayotgan  muammolar 

ham  yo’q  emas.  Jumladan,  siyosiy  terminlarning  OAV  va  siyosiy  matbuotda 

qo’llanishdagi o’ziga xosligi, terminlararo ma’noviy xususiyatlar turlarini aniqlash, 

siyosiy  terminlarning  ichki  va  tashqi  imkoniyatlari  boyib  borish  yo’llarini 

ta’kidlash lozim. 

Binobarin,  siyosiy  soha,  siyosat  rivojlangani  sari  siyosiy  til  ham  shunga 

muvofiq  holda  rivoj  topa  boradi.  O’z  navbatida  siyosiy  atamalar  ham 

takomillashib,  siyosiy  ong  va  siyosiy  savodxonlikning  yuksalishiga  muayyan 

zamin hozirlaydi. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  mustaqillikdan  so’ng  siyosiy  atamalarni 

qo’llash  yoki  iste’molga  kiritishda,  birinchidan,  umumbashariy  ahamiyatga  ega 

bo’lgan va jahon siyosati taraqqiyoti durdonalari hisoblangan sara atama so’zlarni 

amaliyotga  ko’proq  kiritishga  katta  ahamiyat  qaratildi.  Bunday  atamalar 

umuminsoniy  qadriyatlar  jumlasiga  kirib,  barcha  millat  va  elatlarning  o’zaro 

yaqinlashuvi,  ya’ni  integratsiya  jarayonining  rivojlanishida  muhim  omil  bo’lib 

xizmat  qiladi.  Chunonchi,  bunday  atamalar  jumlasiga  parlament,  spiker,  fraksiya, 

senat, senator, quyi va yuqori palata singari so’zlarni kiritish mumkin.  

Ikkinchidan,  siyosiy  matbuot  sahifalarida  siyosiy  atamalarni  izohlash, 

tushuntirishga  ko’maklashuvchi  maxsus  rukn  (oynaso’z)  va  sarlavhalar  qo’llash, 

ular  ostida  esa  izohli  lug’atlardan  muntazam  ravishda  parchalar  e’lon  qilish 

amaliyotga kiritildi.  




 

- 38 - 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin