Bolalar faoliyati.
Tarbiyachi: Yaxshi, ko’pchilik bolalar o’rmonga etib oldi. Qarang, o’rmon chetida bir qo’zi
o’tlab yuribdi.
-Qorni ochib qo’zichoq,
Beda ebdi o’zicha.
Tushgacha 2 quchoq,
Undan keyin 1 quchoq.
Har bir quchog’i 1 bog’dan,
Jami bo’ldi necha bog’?
(3 bog’)
-To’g’ri! Ikki bog’ beda chizilgan ekan. Siz yana bir bog’ bedani chizsangiz 3 bog’ bo’ladi.
Bolalar faoliyati.
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana o’tloqqa ham chiqdik. O’tloqda hayvonlar tushlik qilishmoqda.
Davradagi olmaxonda 1 ta yong’oq, ayiqda-chi 1 ta asalli ko’za, tipratikonda 1 ta olma,
quyonchada esa nimagadir hech narsa yo’q. Bolajonlar, quyoncha nima eyishni yaxshi
ko’radi? To’g’ri, bolajonlar, quyoncha sabzi eyishni yaxshi ko’radi, shu sababli quyonchaga 1
ta sabzi chizib beramiz. Qani qalamlarni ishga soling, quyonchani xursand qiling. So’ng
hayvonlarni sanab chiqing. Nechta ekan? (4 ta). O’tloqdagi hayvonlar ichida eng kattasi qaysi
hayvon? Eng kichkinasi-chi?
4
|