Uning fizik ma'nosini aniqlaymiz. Avvalo, bir necha isbot talab
qilmaydigan fikrlarni keltiramiz.
Birinchidan,
𝜑 burchak elektromagnit tebranishlarni matematik
ifodalashda kiritildi. Demak, u faqat elektromagnit tebranishlarni matematik
ifodalashdagina ma'noga ega.
Ikkinchidan, bu burchak zaryad va tok kuchining berilgan vaqt
momentidagi qiymatini aniqlaydi. Demak, u tebranishlarning
xarakteristikasi ekan. Bu xarakteristikani tebranish fazasi deb
yuritishadi.
Endi
cos 𝜑 ni zaryad oniy qiymatining amplituda qiymatiga
nisbati orqali ifodalaymiz:
cos 𝜑 =
𝑞
𝑄
𝑚
.
Kondensator zaryadining
𝑞 −oniy qiymati o'zgaruvchi kattalik,
𝑄
𝑚
− amplituda qiymati esa doimiy kattalik bo'lgani sababli cos 𝜑 ,
demak,
𝜑 faza ham uzluksiz ravishda o'zgarib turadi.
Fazaning o'zgarish tezligini topaylik. Buning uchun tok kuchi
zaryaddan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila ekanligini
eslaymiz:
𝑖 = 𝑞 ̇ = −𝑄
𝑚
𝜑́ sin 𝜑 .
Bu yerdagi
𝜑́ hosila — fazaning izlangan o'zgarish tezligidir. Uni
toppish uchun tok kuchining yuqoridagi qiymatini ilgari topilgan
qiymatiga tenglashtiramiz:
− 𝑄
𝑚
𝜑′ 𝑠𝑖𝑛 𝜑 =
𝑄
𝑚
√𝐿𝐶
𝑠𝑖𝑛 𝜑,
Bundan
𝜑
′
=
1
√𝐿𝐶
Kelib chiqadi. Tebranishlar fazasining
𝜑
′
o'zgarish tezligi
𝜔
0
bilan
belgilanadi (
𝜑
′
= 𝜔
0
) va siklik chastota deb yuritiladi:)
𝜔
0
=
1
√𝐿𝐶
Berilgan tebranish konturi uchun
𝐿 va С lar doimiy, demak, 𝜔
0
siklik chastota ham doimiy bo'ladi, shuning uchun faza quyidagicha
yoziladi:
𝜑 = 𝜔
0
∙ 𝑡
Siklik chastota tushunchasidan foydalanib, kondensator
qoplamalaridagi zaryad va konturdagi tok kuchining o'zgarish
qonunlarini qayta yozamiz:
𝑞 = 𝑄
𝑚
cos 𝜔
0
𝑡 𝑣𝑎 𝑖 = 𝐼
𝑚
sin 𝜔
0
𝑡
Dostları ilə paylaş: