Gipnozni qo`llashga ko`rsatmalar: 7.
Og‘iz bo`shlig‘i sanatsiyasi
8.
Tishlarni protezlashga tayyorlash
9.
Stomatologik aralashuv oldidan qo`rquv holati
10.
Mahalliy anesteziyaga qarshi ko`rsatma bo`lgan allergik holat.
11.
Asab stomatologik kasalliklarni davolash.
12.
Og‘iz bo`shlig‘ida manipulyaqiyalar o`tkazish paytida yukori refleks holati.
Stomatologik amaliyotda gipnozni qo`llashga qarshi ko`rsatma yo`q. SHunga qaramasdan shizofrenik va
gipnozga yomon ta`sirlanuvchi bemorlarga o`tkazib bo`lmaydi.
Gipnoz – ongni o`zgartirilgan, ya`ni qobiliyat va e`tiborini yukori darajada o`ziga jalb qilib xotira va qabul
qilishga ta`sir ko`rsatish hisoblanadi. Gipnozga erishishni asosiy psixologik e`tiborni konqentrlashgan
qonunidan foydalanishi hisoblanadi. Bu qonun taxmin qilishga agar inson bir fikrga e`tiborini jalb qilsa, bu fikr
o`z-o`zidan amalga o`shadi. Dominant effekt qonuni taxminiga, ikkita kuchli emostional holat kuchsizrost
emostional holatni siqib chiqaradi.
Gipnotik seans davomiyligi, stomatologik kasalliklarning turiga va bemor asab tuzilishining
ta`sirchanligiga bog‘liq. Seans davomiyligi individual bo`lib, lekin 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. Har bir
seansdan keyin bemorni gipnozga moyilligi oshib borishi aniqlangan. Davolash mobaynida bir kunda ikkita
seans o`tkazish tavsiya qilinmaydi.