Mashg’ulot bayoni Maxalliy anesteziya vaqtida maxalliy va umumiy asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Maxalliy asoratlar
deganda fastat qaysi soxaga og‘riqsizlantirish o`tkazilsa, fastat shu soxada asoratning kuzatilishi va umumiy
axvolga ta`sir etmasligi.
Maxalliy asoratlarga : 1 - gematoma,
1 – ishshemiya,
2 – nekroz,
3 – nevropatiya,
4 – ignaning sinib kolishi,
5 – yumshok tukima jaroxati,
Gematoma – ignaning anesteziya vaktida tomirni jaroxatlashi natijasida yuzaga keladi,klinikasida
o`sha soxada shish, qattiq infil‘trat, pal‘pastiyada og‘riq bo`ladi. YUzada joylashgan bo`lsa ko`karish bo`ladi,
ba‘zan flyuktuaqiya kuzatiladi. Aniqlashda punkqiya aniqlik kiritadi, oldini olish uchun anesteziya kilingan
soxa bosib turiladi yoki usha soxaga muz kuyish tavsiya etiladi. Ul‘tratovush xamda parafino terapiya xam
yaxshi natija beradi. Agar bu davolash yordam bermasa xirurgikda usulda kesib davolash mumkin.
Ishshemiya anesteziya qilingan soxaning qonsizlanib ostarib ketishi, vaqtida yordam berilmasa
nekroz yuzaga kelishi mumkin. Asosan infraorbital va palatinal anesteziyalarda kuzatilishi mumkin.
Nevropatiya anesteziya vaqtida ignaning uchi qayrilgan bulganda nervni jaroxatlash natijasida
yuzaga kelib, bemorda usha soxada karaxtlik paydo bulib bir necha kungacha davom etadi, o`z o`zidan
sog‘ayishi yoki vitaminoterapiya natijasida davolash mumkin.