Jag`larning yumshoq to’qimalaridagi operatsiyalar (alveolotomiya i alveolektomiya). Alveolalar plastikasi. Agar tishlar olib tashlangandan so‘ng, jarohatga qayta ishlov berilgan vaqtda alveolyar
o‘simtaning deformatsiyasi aniqlansa, u holda alveolalar plastikasi amalga oshiriladi. Buning uchun faqatgina
suyakning shikastlangan sohasini ochish uchun shilliq-suyak usti lahtagi chetga surib qo‘yiladi. Alveolyar
yoyning tashqi va ichki yuzalaridagi deformatsiya suyak qisqichlari, suyak arrachalari, bor yoki frezlar
yordamida bartaraf etiladi [Vasilev G. A., 1972]. Bor mashinasi bilan ishlaganda operatsiya maydonchasi natriy
xlorning izotonik eritmasi bilan irrigatsiya qilish yo‘li bilan albatta sovutilishi kerak. O‘tkir qirralar olib
tashlanib, ular tekislangandan so‘ng, shilliq-suyak usti lahtagi joyiga qo‘yiladi. Jarohat qirralarining mosligiga
e`tibor berilib, zarurat bo‘lganda qirralari tekislanadi va ortiqcha to‘qimalar olib tashlanadi.