1. poliklinikaga 34 yoshli bemor, tildagi patologik o‘zrashilar, ishtaha yo‘qolishi, tana vazni kamayishi, tez
charchashiga shikoyat qilib muroajat etdi. Umumiy ko‘rikda: teri qavati oqargan, nam. Anamnezidan: bemor 3
yil avval ozodlikka chiqqan
Mahalliy holat: tilni yon taraflarida oq rangli tuklar chiqib turganligi va ko‘chmasligi aniqlanadi
1. Bemorga qanday tashhis qo‘yish mumkin?
2. Bu qaysi kasallik simptomi va qaysi bosqichda namoyon bo‘ladi?
Javob: Tukli leykoplakiya. Odatda VICH-infektsiyani 3-bosqichida namoyon bo‘ladi (oraliq boqich).
2. Statsionarga pastki 6 tish sababli lunj sohasi flegmonasi tashhisi bilan bemor yotqizildi.
Ko‘rilganda: yumshoq tanglayda, dujka va ikki tomonlama mindalinalarda yumaloq shakilli papulalar
kuzatiladi, diametri 1sm, og`riqli. Papulalar ko‘chirilganda go‘shtli-qizil eroziya aniqlanadi, tilda silliq, yaltiroq,
«chopilgan dalaga» o‘hshash shiliqqavatdan tushib ketuvchi elementlar kuzatiladi. Anamnezidan: bemor 4 yil
avval Malayziyada bo‘lgan, shundan so‘ng vaqti-vaqti bilan tanadan toshmalar paydo bo‘lib, izsiz yo‘qolib
ketadi.
1. Bemorda qanday yondosh kasallik bor?
2. Qaysi kasallik bosqichi uchun bu belgilar hos hisoblanadi?