Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Endotraxeal  narkozga  qarshi  ko’rsatmalar



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Endotraxeal  narkozga  qarshi  ko’rsatmalar.  YUqori  nafas  yo‘llarni  o‘tkir  respirator  kasalliklari, 
o‘tkir bronxitlar, faringitlar, pnevmoniyalar, yuqumli kasalliklar, buyrak va jigarni o‘tkir kasalliklari, miokard 
infarkti, dekompensatsiya bosqichidagi yurak-tomir etishmovchiligi, ichki sekretsiya bezlarini o‘tkir kasalliklari. 
Reanimatsiya  asoslari.  YUrak  va  nafasni  to‘xtashi klinik  o‘limga  olib  keladi, davomiyligi  3—5  min. 
Undan  keyin  qaytarib  bo‘lmaydigan  biologik  o‘lim  yuzaga  keladi.  Tana  harorati  meyyorida  bo‘lsa,  yurak 
to‘xtagandan keyin bosh miya 3-5 minut davomida adekvat holatda bo‘ladi.klinik o‘lim belgilari, nafas va yurak 
to‘xtashi aniqlanishi bilan reanimatsion tadbirlar boshlanishi kerak.  
Klinik  o‘lim  belgilari:  1)  es-hushni  yo‘qolishi;  2)  yirik  arteriyalarda  pulsni  yo‘qolishi  (uyqu,  son);  3) 
nafas yo‘qligi; 4) qorachiqni kengayishi va uni yorug`likka sezmasligi. 
YUrak-o‘pka  reanimatsiyasi  vazifalari:  nafas  yo‘llari  o‘tuvchanligini,  o‘pkani  sun`iy  ventilyatsiyasini, 
yurak  yopiq  massaji  yordamida  sun`iy  ravishda  qon  aylanishni  ta`minlash,  dori  vositalarni  kiritish, 
elektrokardiograf  yordamida  o‘tkazilayotgan  tadbirlar  effektivligini  nazorat  qilish,  yurak  defibrillyatsisi, 
postreanimatsion davrda yurak fuktsiyasini normallashtirishga qaratilgan intensiv davoni ta`minlash.  
Nafas  yo‘llar  o‘tuvchanligini  ta`minlash  minimal  vaqtda  bajarilishi  kerak.  Nafas  yo‘llar  obturatsiyasi 
(qisman  yoki  to‘liq)  tilni  tushishi,  og`iz  yoki  yutqunda  shilliq,  qayt  mahsulotlari,  qon,  yot  moddalar  borligi 
laringo- yoki bronxospazm natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bemorni elkasining ostiga (qattiq narsa) qo‘yilib, 


boshni  orqaga  tashlash  kerak,  pastki  jag`ni  oldinga  tortib  ochish  kerak  va  og`izni  shilliqdan,  qondan,  qayt 
mahsulotlaridan,  yot  moddalaridan  tozalash  kerak.  Bundan  keyin  aktiv  sun`iy  o‘pka  ventilyatsisini  «og`izdan 
og`izga»  yoki  «og`izdan  burunga»  usuli  bilan  S-simon  nay  yoki  portativ  nafas  apparat  (RPA-1  yoki  RDA-1, 
«temirchi haltasi» yoki Amba xaltasi) boshlash kerak. Bir minutda 12 sun`iy nafas oldirish kerak. 
YUrakni tashqi massaji. Sun`iy qon aylanishni yuqori effektiv usuli bo‘lib, yurakni tashqi yoki yopiq 
massaji hisoblanadi. YUrakni to‘sh suyagi va umurtqa pog`onasi orasida siqib, qonni yurak bo‘shliqlaridan yirik 
tomirlarga haydash mumkin.  
Dori vositalar adekvat sun`iy nafas oldirish va yurak massaji fonida o‘tkazish lozim. Adrenalinni vena 
ichiga bo‘lib-bo‘lib 0,5—1 ml har 5 minutda, agar vena ichiga o‘tkazib bo‘lmasa yurak ichiga o‘tkazish kerak. 
Adrenalin yurak mushaklarni tonusini kuchaytirib, uni spontan qisqarishlarini stimullaydi. Bunda yurak massaji 
foyda beradi. 
Dori  stimullyatsiyasidan  so‘ng  elektrli  yurak  defibrillyatsiyasi  ko‘rsatiladi.  U  impuls  tok  razryadi 
ketma-ketligi  bilan  amalga  oshiriladi.  Defibrillyatsiya  3,5  kU  kuchlanish  bilan  boshlanadi,  har  safar  0,5  kU 
oshirib,  6  kU  etkaziladi.  Agar  razryadlar  to‘plami  effekt  bermasa,  vena  ichiga  novokainamid  (1—3  mg/kg), 
natriy bikarbonati yuboriladi. SHundan so‘ng razryadlarni yangi ko‘lami yurak faoliyati tiklanguncha yoki miya 
o‘limi belgilari paydo bo‘lguncha olib boriladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin