Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Ultrakain  D-S fort  –  bitta  ampulada  80  mg  artikain  gidroxlorid  va  0,024  mg  epinefrin  gidroxloridini 
saqlaydi. 
 
Ma’ruza 6. Kuchaytirilgan mahalliyоg’riqsizlаntirish, mahalliyanestetiklarni ta’sirini 
uzaytiruvchi preparatlar. Vazokonstriktorlar farmakologiyasi, qo’llanilishi. Hamrox kasalliklari 
bor bеmоrlarda kuchaytirilgan mahalliyоg’riqsizlаntirish va operasiyaga tayyorlash. 
Potentsirlangan  mahalliy  og`riqsizlantirish  –  operatsion  maydonni    mahalliy  og`riqsizlantirish 
yordamida  og`riq  sezgirligini  kamaytirish,  organizm  reaktivligini  kamaytirish,  umumiy  analgeziya  holatiga 
aytiladi.  
Poliklinika  sharoitida  potentsirlash  uchun  trankvilizatorlarni  nonarkotik  analgetiklar  bilan  birga 
ishlatishadi. Ba`zida bu moddalarni antigistamin va narkotik moddalar bilan birga ishlatiladi. Trankvilizatorlar 
orasida ko‘proq elenium, seduksen, trioksazin, fenazepam va hokazolar ishlatiladi. 
Poliklinikada  shifokor  bemorni  psixoemotsional  holatidan  kelib  chiqqan  holda  trankvilizatorlarni 
qo‘llash  kerak.  YAqqol  nevrotik  reaktsiyada,  o‘ta  qo‘zg`aluvchan  hollarda  vena  ichiga  seduksen  (0,3  mg/kg) 
leksir  analgetik  bilan  birga  (0,5  mg/kg)  ishlatiladi.  Meyyoriy  manfiy  reaktsiyada  ichga  trioksazin,  fenazepam, 
seduksen yuborish mumkin. 
Statsionarda tayyorgarlik operatsiyadan bir yoki bir necha (ko‘rsatmaga qarab)   kun avval o‘tkaziladi. 
Tunda  uxlatuvchi,  antigistamin  dorilar  va  kichik  trankvilizatorlar  buyuriladi.  Operatsiyadan  3  soat  oldin  bu 
dorilar  qaytadan  beriladi.  Qo‘shimcha  mushak  orasiga  narkotiklar  va  vitaminlar  (V  va  S)  yuboriladi. 
Operatsiyadan  45  minut  avval  mushak  ichiga,  narkotik,  antigistamin  dorilar,  M-xolinolitiklardan  iborat 
«aralashmasi»  yuboriladi.  Ularning  o‘rniga  (yoki  birgalikda)seduksen  yoki  neyroleptanalgeziya  uchun 
foydalaniladigan dorilar (droperidol, fentanil) yuborish mumkin. 
YOshi  katta  va  qariyalarda  tezkor  holatlarda  organizmni  kompensator  va  adaptatsion  xususiyatlari 
pasaygan  bo‘ladi. Bu koronar, buyrak, bosh miya  tomirlarni aterosklerotik o‘zgarishlari bilan bog`liq. 
 Gipertonik  kasalliklari  bor  bemorlar  muolajadan,  uning  natijasidan,  xirurgik  xonadan  qo‘rqib,  arterial 
bosim  oshishi  bilan  reaktsiya  berishadi.  Emotsional  zo‘riqish  natijasida  gipertonik  kriz  rivojlanishi  mumkin, 
uning  asorati  esa  o‘tkir  chap  qorincha  etishmovchiligi  bo‘lishi  mumkin.  Og`riq  ham  arterial  bosimni  oshirib 
yuborishi  mumkin.  SHuning  uchun  gipertonik  kasallik  bilan  og`rigan  bemorlarda    effektiv  og`riqsizlantirish 
yaxshi sedativ , ba`zida gipotenziv tayyorgarlik bilan birga talab etadi. 
Surunkali  koronar  etishmovchiligi  va  YUIK  bor  bemorlarda  o‘tkir  koronar  buzilishlarni  oldini  olish 
kerak. Antigistamin moddalar berish tavsiya etiladi (suprastin, diazolin). Profilaktika maqsadida koronarolitiklar 
(validol, nitroglitserin til ostiga, 1—2 ml 2 % papaverin gidroxlorid eritmasi yoki 1—2 ml 2 % no-shpa eritmasi 
mushak ichiga) buyuriladi. 
Ortirilgan  yurak  etishmovchiligi  bor  bemorlarda  stomatologik  muolajalardan  oldin  yurak  glikozidlari 
bilan (strofantin yoki korglikon) quvvatlovchi davo o‘tkazish kerak. 
O‘pka  emfizemasida  va  pnevmosklerozda  o‘pkani  hayotiy  sig`imi  va  nafas-perfuzion  koeffitsient 
kamaygan bo‘ladi. Bu esa gipoksik gipoksiya va giperkapniya rivojlanishiga olib keladi. 
Bronxial  astma  —  bu  kasallikni  etiologik  faktori  bo‘lib,  allergik  va  infektsion  komponentlar 
hisoblanadi. Bronxial astmasi bor bemorlarda og`riqsizlantirishda  xavflilik darajasi oshadi,chunki bu bemorlar 
og`irlashgan allergologik anamnezlilar safiga kiradi.  
Aholini  1-2%  qandli  diabet  bilan  og`riydi.  Bunda  yog`  va  qand  almashinuvi  buziladi.  Har  bir  qandli 
diabet bilan og`rigan bemorga shoshilinch yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lmasa, ular  korrigirlovchi davo olishi 
kerak. 
Og`irlashgan  allergologik  anamnezli  bemorlarga  nisbatan  taktika.  Stomatologik  poliklinikalarda 
allergologik  asoratlarni  oldini  olish  uchun  anamnezni  (xususan  allergologik  anamnezni)  yaxshi  yig`ish  va  uni 
tahlil qilish kerak.  
Bu  ma`lumotlar  A.  S.  Lopatin  (1983)  fikricha,  barcha  bemorlarni  ikki  turga  bo‘lish  kerak:  1) 
og`irlashmagan allergologik anamnez bilan va 2) og`irlashgan allergologik anamnez bilan. 
 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin