O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNGA O‘ZGARTISHLAR VA
QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror
qiladi:
O‘zbekiston
Respublikasining
1989-yil
21-oktabrda
qabul
qilingan
“O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili haqida”gi
Qonuniga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining
Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 453-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, uning yangi tahriri
tasdiqlansin (
ilova
qilinadi).