www.ziyouz.com kutubxonasi
8
«Amma yatasa’alun» va «Izash-shamsu kuvvirot» kabi suralar oqartib qo‘ydi”, ya’ni
ummatim ahvoliga ihtimomim va ular uchun bu suralardagi og‘ir hollardan qo‘rqqanligim
meni bu holga yetkazdi.
36. Abu Hujayfa roziyallohu anhu dedilar: Sahobalar xitob qildilar: “Yo Rasulalloh,
o‘zlarida qarilik va zaiflik asarlarini ko‘ra boshladik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
javob berdilar: “Meni «Hud» surasi kabi og‘ir mazmunlik suralar qaritib qo‘ydi”.
37. Abu Timsata-t-Tayyimiy roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z o‘g‘limni olib, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Odamlar u kishini menga ko‘rsatdilar. Men
u kishini ko‘riboq “Bu zot – Alloh taoloning payg‘ambaridir” dedim. U zotning egnilarida
yashil rangda ikki libos, ya’ni rido’ va izorlari bor edi, va Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning bir oz sochlariga oqlik g‘olib kelgan va o‘sha sochlari qizil rangda edi.
38. Jobir roziyallohu anhudan bir kishi savol qildi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning muborak boshlariga oq soch paydo bo‘lganmidi? Jobir roziyallohu anhu
javob berdilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlarida oq soch
yo‘q edi. Magar farqlarining o‘zida bir necha adad sanoqlik oq sochlar bor edi. Qachon
boshlariga yog‘ iste’mol qilsalar, ular ko‘rinmay qolardi.
39. Abu Rimsa roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z o‘g‘lim bilan birga Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bu
o‘g‘lingmi? Men dedim: Xa yo Rasulalloh, bu mening o‘g‘lim. O’zlari guvoh bo‘lib
qo‘ysinlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, “Bu sening
zararingga jinoyat qilmas va sen ham uning zarariga jinoyat qilmassan”, ya’ni Islomdan
avvalgi zamonlarda bolaning gunohiga ota mas’ul va otaning gunohiga bola mas’ul bo‘lar
edi. Islom dinida bu so‘z yo‘qdir. Har kishi o‘z gunohiga o‘zi mas’ul bo‘ladi. Abu Rimsa
roziyallohu anhu aytadilarki, men bu muloqotimda ko‘rdimki, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning ba’zi sochlari qizil edi.
I z o h. Xanafiy ulamolar nazdida soch va soqolni buyamoq mustahab, lekin mashhur
bayonlarda qora rang bilan buyamoq makruh va shofi’iylar nazdida esa bo‘yamoq sunnat
va qora rang bilan bo‘yamoq haromdir.
40. Abu Hurayra roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam soch va soqollarini bo‘yagandilarmi? Abu Hurayra roziyallohu anhu javob
berdilarki: Ha, bo‘yagandilar.
41. Bashir ibn Xasosayyaning xotinlari Jahzama roziyallohu anhumo dedilarki: Men
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim, uylaridan chiqib turgan edilar. G’usl
qilganlari uchun boshlarini artib turgan edilar va boshlarida xinoning asari bor edi.
42. Anas roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
muborak sochlarini bo‘yalganini ko‘rdim, ya’ni xino iste’mol qilgan ekanlar.
Dostları ilə paylaş: |