1. Amaliyotning asosiy qoidasi.
1.1. Talaba amaliyotga kelgunga qadar amaliyot rahbaridan tushuntirish olishi
hamda quyidagilarni bilishi lozim:
- kundalik to‘ldirishni
- amaliyot bo‘yicha shaxsiy topshiriq olishi;
- amaliyotni o‘tash bo‘yicha tuzilgan taqvimli rejadan ikki nusxa olishi (biri
talaba uchun, ikkinchisi tashkilotning amaliyot bo‘yicha rahbari uchun);
- amaliyot yo‘llanmasi;
- yotoqxonaga joylashishi uchun yo‘llanma (zarur bo‘lgan taqdirda) olishi
lozim.
1.2. Talaba tashkilotga yetib kelgach tashkilot rahbariga kundalikni taqdim etishi
va amaliyot rejasini aytishi kerak. Bundan tashqari texnik xavfsizlik, yong‘in
falokatidan saqlanish, narsalardan foydalansh bo‘yicha tushuntirish olishi va
ish joyi bilan tanishishi lozim.
1.3. Amaliyot davrida talaba tashkilotning ichki intizomiga bo‘ysunishi shart. Har
qanday holatda talaba ish joyidan chiqayotganda, bu haqda rahbarga bildirishi
lozim.
1.4. Talaba amaliyot xususida taqvimli rejaga muvofiq xisobot tayyorlaydi va
tashkilot hamda oliy o‘quv yurti tomonidan qo‘yilgan rahbarlarning
qo‘shimcha ko‘rsatmalariga binoan uni to‘ldiradi.
1.5. Amaliyotdagi talaba faoliyati reyting balli tizim bo‘yicha baholanadi va
talabani stipendiyaga tavsiya etishda hisobga olinadi.