Guruh rahbarining shaxs va jamoani o’rganishi va tarbiyaviy
ishlarni tashkilliashtirishi yo’llari va usullari.
Reja
1.Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo’yilgan talablar.
2.Guruh jamoasini o’rganish va uni dasturini ishlab chiqish.
3.Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalash ishini rejalashtirish.
4. Guruh jamoasi bilan ishlash va unga rahbarlik qilish.
Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo’yilgan talablar.
Jamoa nazariyasi koidalariga muvofik, uni yaratish metodikasi ishlab
chikilgan. Uning umumiy asoslari kuyidagilardan iborat: talablar kuyish, faollarni
tarbiyalash, ukuv, mexnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi
istikbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy
an’analarni yaratish va ko’paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (ta’lim muassasasi, guruh
jamoasi, ta’lim muassasasidan tashkari talabalar birlashmasi va hokazolar)ni
shakllantirish va rivojlantarish uchun qo’ullanma hisoblanadi. Mazkur bobda gap
guruh jamoasini barpo etish va rivojlantirish, guruh rahbarining shu yo’nalishdagi
ishi haqida boradi.
Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoaning rivojlanish darajasiga
mosligi muvaffakiyatning muxim sharti xisoblanadi. Shuning uchun har bir
pedagog tarbiyaviy ishni guruxdagi jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasi
(boskichi, davri)ni aniklashdan boshlaydi. Pedagogning esa yangi guruh bilan kup
marta ish boshlashiga tug’ri keladi: o’z mehnat faoliyatining dastlabki yilida,
guruhni navbatdagi bitirib chikish mavsumidan keyin, ba’zan esa ta’lim
muassasasida vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Guruh rahbari uzining
metodlari jamoaning rivojlanishiga tuskinlik qilmasligi uchun shundan keyingi
ishlari davomida vaqti vaqti bilan jamoaning rivojlanish darajasini anglab
turadi.
Nazariyada jamoa rivojlanishining uch yoki tq’rtta darajasi ajratib
kursatiladi («Pedagogika» darsligining tegishli bobiga karang). Boshlangich daraja
pedagogning kuch-gayrati natijasida guruhda o’rnatilgan muayyan darajadagi
tartib, intizom bilan, tarbiyalanuvchilarning uncha katta bo’lmagan qismi guruh
raxbarining harakatlarini qo’llab-quvvatlashi bilan izoxlanadi. Tarbiya jarayoni o’z
– o’zini tarbiyalash jarayoniga o’tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim
talabalar va umuman jamoa uz faoliyatini mustakil rejalashtiradi va tashkil etadi,
o’ziga va bir-biriga talablar qo’yadi va o’z-o’zini nazorat kiladi. Guruh rahbari va
talabalar jamoasi o’y-niyatlari va ishlarida birgadirlar.
Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yo’l uzoq bo’lib, muayyan
qiyiichiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish
yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu guruh rahbarining asosiy
ishidir. Umuman ta’lim muassasasi tarbiyachisining asosiy natijalari bu ish
qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bo’lik bo’ladi. Agar talabalar jamoasi barpo
etilmagan bo’lsa, talaba ta’lim muassasasini hech afsuslanmay tark etadi, hatto
keyinchalik o’qigan yillarini eslamaydi xam. Talabalar jamoasini inoq jamoaga
birlashtnrgan moxir guruh raxbari qo’lida tarbiyalangan odam baxtlidir.
Ulg’ayayotgan kishi, fukaroning hayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot
yo’lini belgilashda o’z vazifasini anglash guruh rahbarining tarbiyalanuvchilar
jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat’iy faoliyatining zarur
sharti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |