cat
funksiyasida
o‘rniga 2 ni yozish lozim. Masalan,
>> c=cat(2,a,b)
c =
1
2
3
2
4 6
4
5
6
5
6 7
Matritsalarni birlashtirishda shuni yodda tutush lozimki, satr ko‘rinishida
birlashtirganda matritsalar ustunlari soni teng, ustun ko‘rinishida birlashtirilganda
esa satrlari soni teng bo‘lishi shart.
Matritsalardan vektorlar va matritsalar hosil qilish
Matlabda vektor va matritsalarni matritsalardan hosil qilish imkoniyatlari
ham mavjud bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi. Bizga quyidagi ko‘rinishdagi
A matritsa berilgan bo‘lsin. A matritsadan B ko‘rinishdagi vektor yoki matritsa
ajratib olish ushbu B=A(“satr n” : “sart m”, “ustun k” : “ustun l”) sintaksis
asosida ifoda yoziladi. Agar B=A(“satr n”,:) sintaksisi yozilsa A matritsaning n
satri va barcha ustunlari, B=A( :, “ustun k”) sintaksisi yozilsa A matritsaning k –
ustuni va barcha satrlari, B=A(“satr n”, “ustun k”) sintaksisi yozilsa A
matritsaning n-satr va k- ustundagi elementini ajratib beradi.
Misol, bizga quyidagi ko‘rinishdagi A matritsa berilgan bo‘lsin:
>> A=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9]
A =
1 2 3
4 5 6
7 8 9
A matritsaning birinchi satr elementlarini ajratib olamiz:
>> B=A(1,:)
B =
1 2 3
A matritsadan 1-satr, 2- va 3- ustun elementlarini ajratib olish
>> B=A(1,2:3)
B =
2 3
A matritsadan 1- va 2- satrlar, 2- va 3- ustunlar elementlarini ajratib olish
>> B=A(1:2,2:3)
B =
2 3
5 6
Dostları ilə paylaş: |