bilim olishlaridan qat’iy nazar, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik
daraja
uchun imtihon topshirishga ijozat berilgan.
Masofadan o’qitish texnologiyasi 1938 yildan buyon sirtqi ta’lim bo’yicha Xalqaro
Kengash, 1982 yildan boshlab esa masofaviy ta’lim bo’yicha Xalqaro Kengash eng eski
xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Angliyada o’qituvchilarni
tayyorlash dasturi 130 ta kursni o’z ichiga qamrab oladi, ularning ko’plari fanlararo
bog’lanishni e’tiborga olib ishlab chiqilgan.
O’tgan asrning 90 – yillarida Angliyada 40 ga yaqin ana shunday turdagi ta’lim
muassasalari faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ularga har yili 65 ming kishi o’qish
uchun ariza
berishgan. Bu texnologiya ta’lim oluvchilarga qulay vaqtda o’qitishlari uchun katta
imkoniyatlar yaratib berdi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog’i, telestudiya va kompyuter
tarmog’i orqali maslahatlar beriladi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning har bir mamlakatida masofadan o’qitishni joriy etgan ta’lim
muassasalari anchagina ko’paygan. AQSh, Kanada, Angliya, Germaniya va Fransiya kabi
mamlakatlarning yetakchi oliy o’quv yurtlari o’zlarining telekompyuter tizimi yoki tarmog’iga
ega. Bular ochiq universitetlarning Osiyo uyushmasi, masofadan o’qitishni rivojlantirish
bo’yicha Lotin Amerikasi hamkorlik tarmog’i, universitetlarning Yevropa uyushmasi va
boshqalarda keng rivojlanmoqda.
Masofadan o’qitish texnologiyalarini yaratishning jahon tajribasini o’rganish shuni
ko’rsatadiki, ta’limning kompyuter tarmog’idan foydalanib amalga oshirilishi tamoyili
jihatidan u rivojlanuvchi texnik tizim tarzida qaraladi.