4- BOB
UMUMIY ZAHARLASH TA`SIRIGA EGA BO’LGAN
ZAHARLOVCHI MODDALAR
Umumiy zaharlash ta`siriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalarga tsianid
kislota va xlortsianlar kiradi. TSianid kislotani shvTB olimi Karl SHeele birinchi
bo’lib 1782 yilda sintez qilgan. Aytishlaricha, u 4 yildan so’ng xuddi shu zaharli
modda bilan tajriba o’tkazayotgan vaqtda zaharlanib halok bo’lgan. TSianid
kislotaning zaharlash xususiyati qadim zamonlardan ma`lum. Masalan, YUnoniston
kohinlar tabaqasi shaftoli daraxti bargidan zaharli essentsiya tayyorlab, aybdor
kishilarni shu modda bilan o’ldirganlar.
Bundan tashqari, tsianid kislota va uning tuzlaridan sanoatda keng
foydalaniladi: qishloq xo’jaligida mevali daraxt zararkunandalariga qarshi kaltsiy
tsianamid, erkin tsianamidlar ishlatiladi. Kon sanoatida rudalardan oltin va kumush
olishda, engil sanoatda gazlamalarga ishlov berishda va rang bilan bo’yashda keng
ishlatiladi- SHu sababdan, tsianid kislota ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va uni
tashish, foydalanish, ishlatish jarayonida odamlar zaharlanishi mumkin.
2000 ga yaqin o’simlik va daraxtlarning mevasi tarkibida tsianid kislota
birikkan geteroglikozidlar shaklida uchraydi. Achchiq bodom danagida 2,5—3,5%,
shaftoli danagida 2—3%, o’rik va olxo’ri danagida 1—1,8% va olcha danagida 0,8%
tsianid kislota amigdalin glikozidi sifatida uchraydi. Kishilar ko’pincha shu danak
mag`zini iste`mol qilganda zaharlanib kolishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |