4.Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz
3
Dasturlar
- bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Istalgan
kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va
natijalar olishdan iborat bo’ladi.
Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali
bajariladigan dasturlar to’plami tushuniladi.
O’z o’rnida dasturiy ta’minot – kompyuter tizimlarining ajralmas qismi
hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo’ladi.
Aniq kompyuterni qo’llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning
imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va
uzluksiz o’zaroharakatda bo’ladi.
Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun
ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi;
2) prosessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o’qiydi va uni
bajarishni amalga oshiradi;
3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, prosessor
tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi;
4) prosessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so’rovlar yuborishi va
o’zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: