"Insert" metodi bu matnni belgi qo’yib o’qishdir. Belgilar quyidagi tartibda
qo’yiladi. O’qish davomida tugallangan ma'lum mazmunga ega bo’lgan gap oxirida
34
"+" belgisi qo’yiladi agar o’qiganlari tushunarli bo’lsa.Yangilik ola bilgan
bo’lsa, "V" belgisi qo’yiladi. Agar o’qiganlari tushunarsiz fikriga qarshi bo’lsa, "?"
belgisi qo’yiladi. Agar o’qiganlari yuzasidan savoli bo’lsa, tushunmasa
“– “ belgisini qo’yadi..
O’qitish davomida o’quvchi quyidagi jadvalni daftariga chizib matn bo’yicha
mos qismiga yozishi lozim.
+
v
-
?
Insert metodidan darsning yangi mavzuni o’rganish bosqichida foydalanish
lozim.
Guruhlarni tashkil etishning interfaol usullari.
Muchalni topish usuli.
Mashg`ulotlarda ishtirokchilarning muchali quyidagi yo`l bilan topib
beriladi.
- tug`ilgan yilingizni yozing.
- tug`ilgan yilingizdan 4 sonini ayiring.
- natijani 12 soniga bo`ling.
- qoldiqni ayring
Topish yo`li
Qoldiqga 1 sonini qo’shib, quyidagi jadvalga asosan ishtirokchilarning muchali
topiladi.
1. Sichqon 7. Ot
2. Sigir 8. Qo`y
3. Yo`lbars 9. Maymun
4. Quyon 10.Tovuq
5. Baliq 11.It
6. Ilon 12.To`ng`iz
Qatnashuvchilarning muchallarini topib bergandan so`ng, muchal bo`yicha
1 safga tizilish taklif etiladi. Bu uchun trener (o`qituvchi) 1 dan 12 gacha muchal
nomlarini ketma- ket o`qishi lozim.
. O’quvchilarlar soni 30 ta bo’lsa. Eng kichik guruh 3 kishidan, eng katta
guruh 6 kishidan iborat bo`lishi lozim. Men eng kichik guruh hosil qilishni afzal
ko`raman. Shuning uchun 10 ta o’quvchiga fizika, kimyo, biologiya fanlariga
doir termin, atama, so`zlar aytishni taklif qilaman. Bu aytilganlarni 10 kishidan
keyin turgan 10 kishi takrorlashini so`rayman. Undan so`ng 20 kishidan keyin
turgan 10 kishi takrorlashini so`rayman. Bunda 1- kishi aytgan terminni 11- kishi va
21- kishi takrorlashi lozim. Bular 3 kishi 1 guruh bo`ladilar. 2- kishi aytgan
terminni 12- kishi va 22- kishi takrorlashi lozim va hokazo.
Keyingi qadamda o`z guruhingizni topib bir partaga o`tirishi taklif etiladi.
O’quvchilar guruhlarini quyidagi nomlar bilan nomladilar.
1. Molekula. 2. Dinamometr. 3. Zichlik. 4.Tarozi 5. Kislorod.
35
6. Elektron.
2 usul.
Ekliptika usuli.
Mashg`ulotda qatnashuvchilardan "Ekliptika" nimaligi so`raladi.
Javob olgandan so`ng ekliptikaga kiruvchi yulduzlar turkumlari nomini aytish
taklif etiladi.
So`ng qaysi oyda qaysi yulduz turkumidan quyoshning o`tishi so`raladi.
Yuqoridagi 3 ta savolga javob olingach qatnashuvchilarga tushuntiriladi. Hozir siz
qaysi oyda tug`ilgan bo`lsangiz o`sha oyda quyosh qaysi zodiak yulduz turkumida
bo`lishiga qarab saflanasiz. quyidagi jadvaldan faqat chap tomoni o`qiladi
ishtirokchilar chiqaveradi.
1. Hut - mart 2. Hamal - aprel
3. Savr - may 4. Javzo - iyun
5. Saraton - iyul 6. Asad - avgust
7. Sunbula - sentyabr 8. Mezon - oktyabr
9. Aqrab - noyabr 10.Qavs - dekabr
11.Jaddi - yanvar 12.Dalv - fevral
Saflangandan so`ng 7 ta qatnashuvchiga musiqadagi notalarni aytish taklif
etiladi. Ular do, re, mi, fa, sol, lya, si deb aytadilar. Qolganlar o`z turgan o`rniga
qarab yana bir marta notalarni takrorlaydi. Qatnashuvchilar soni tugaguncha bu
jarayon davom etadi. Barcha bir - birini topib ya`ni do - lar 1 guruh, re - lar 1
guruh, mi - lar 1 guruh va hokazo si - lar bir gu-ruh bo`lib o`tirishlari taklif etiladi.
O’tirganlarning orqasi yozuv taxtasiga bo`lmasligi o`qtiriladi. Guruhlar o`z
taqdimotini o`tkazish uchun quyidagi no`ananaviy usulni qo`llash taklif etildi.
Har bir guruh nota nomi qatnashgan so`zlar topishi lozim. Nota nomi so`z boshi,
oxiri, o`rtasida bo`lishi mumkin. Bu so`zlar o`tilayotgan fanga doir bo`lishi lozim.
Fizika darslaridan birida o`quvchilar tomonidan quyidagi so`zlar topildi.
Do – Doira, Ahmad - Donish, donor, vodorod, Mariya Skladovskaya
Kyuri,
/
Re - rele, reostat, Rezerford, reaktiv, rentgen, rele, rezistor, reoxord.
Mi - minut, mil, misqol, mikroskop, mikro, millimetr, milliken, mis,
allyuminiy, al - Xorazmiy, Mirzo - Ulug`bek.
Fa - fazo, fakt, Faradey, fakel.
Sol - sol, fasol, persol.
Lya -akumlyator, mikrokalkulyator, izolyator, lyamda.
Si - Ibn Sino, Sigma, simob, sim, sitora, ossillograf, bosim, siljish qoidasi.
Alifbo usuli.
Mashg`ulotda qatnashuvchilarni ismlarining bosh harflariga qarab alifbodagi
harflar ketma - ketligida saflanish taklif etiladi.. Maqsadga erishish uchun
o`qituvchi tomonidan harflar ketma-ket aytiladi. Darsimiz fizika bo`lganda 7 sinf
o`quvchilari o`z guruhlarini quyidagicha nomladilar.
36
1. Ampermetr 2. Voltmetr 3. Hisoblagich
4. Reostat 5. Lampochka 6. Magnit
O`quvchilarga xohlagan yo`l bilan guruh taqdimotini o`tkazish taklif etildi.
Ular o`z guruhlarini quyidagicha taqdim qildilar.
oid so`zlar yasagan.
Amperpetr
- Amper
- Metr
Voltmetr so`zidagi harflaridan yangi fizika faniga oid so`zlar yasagan.
Voltmetr
Volt
Ommetr
Metr
Om
Voltmetr so`zidagi har bir harfiga fizika faniga oid so`zlar topgan.
Volt
Om
Lampochka
Temir
Molekula
Elektr
Tanometr
Rezistor
Har bir harfiga fizika faniga oid yangi so`zlar topgan.
Lodigin
Amper
Metro
Paravoz
OM
Chiroq
mpermetr
Magnitni qo`lga olib quyidagi misralarni aytdi. (Magnitning boshqa jismlarni
tortishi tajribasi o`tkazildi).
Magnitning 2 xili ko`rsatildi to`g`ri va taqasimon. Magnit bilan magnit
strelkasining o`zaro ta`siri ko`rsatildi.
Kim chaqqon usuli.
Mashg`ulot boshlanishidan oldin o`qituvchi tomonidan darsda qatnashuv-
chilar soniga qarab kartochkalar tayyorlanadi. Agar 7 ta guruh qilmoqchi bo`l -
sangiz. (qatnashuvchilar soni 35 ta bo`ladi). U holda 7 ta guruh bo`lishi uchun 7 ta
nom manlash lozim. Bu nomlar o`til gan mavzulardan bo`lishi lozim.
37
Fizika darslarimizdan birida (9-sinf ) quyidagicha yo`l tutdik. Guruhlarga
1) Ibn Sino, 2) Beruniy, 3) Ahmad Donish 4) Farobiy,
5) Linza, 6) Ko`zgu, 7) Kamalak deb nom qo`ydik.
Har bir guruhga 5 ta qatnashuvchi birlashishi uchun Ibn Sino deb 5 ta
kartochkaga yozdik, Beruniy deb 5 ta kartochkaga va hokazo barcha nomlarni 5
tadan sonini ko`paytirdik.
Qo`ng`iroq chalinishi bilan aralashtirib teskari qo`yilgan 35 ta
kartochkalardan 1 tadan 1-1 larini topib guruh bo`lib o`tirishlarini taklif etdik.
Bunga ko`pi bilan 3 daqiqa vaqtimiz ketdi.
Mozaika-1 usuli.
Mashg`ulotlarimizdan birida guruhlarni tashkil etish uchun mozaika
usulidan
foydalandik. Buning uchun mashg`ulotgacha rasmlar (fanga doir) larini qirqib bo`
-laklar hosil qildik. Qatnashuvchilarga har bir qiyqimdan 1 tadan olishni taklif
etdik. Qiyqimlardan (bo`laklardan) bir butun rasmni hosil qilib bir guruh bo`lib
joylariga o`tirishlarini taklif etdik. Olgan rasmlarimiz ampermetr, voltmetr,
rezistor, tok manbai, kalit va reostat rasmlari edi. Guruh a`zolari 1-1 larini topib
o`tirgandan so`ng o`z guruh taqdimotlarini o`tkazish uchun maslahat qildilar.
Bunga 3 daqiqa vaqt berildi. Guruh nomini rasmga qarab o`zlari belgilaydilar.
Mozaika-2 usuli.
Dostları ilə paylaş: