2 bosqichdan oldin:
Men boya ezgulik haqida gapirdim. Lekin, bilasizmi qadimgi Rim faylasufi
Siseron ezgulikni nimada deb bilgan? Uning fikricha “Faqat harakatgina
ezgulikning haqiqiy qadr qimmatini belgilaydi”. Shunday ekan, men sizlarni vaqt
borida harakat qilib qolishga undayman.
Zero, raqib jamoa ilgarilab ketmasin.
Demak, II bosqich
3 bosqichdan oldin:
O’yinimiz o’z ekvatoriga yetdi. Buyog’iga oz qolgan bo’lsada, mas’uliyat va
umid g’alabaga bo’lgan ishonch sizni hech qachon tark etmasin deya Lev
Tolstoyning ushbu hikmatli so’zini eslatib o’tmoqchiman: “Bilim yodlash bilan
emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiy bilim bo’la oladi”
Oldimizda 3 – to’siq: 3-bosqich
Finaldan oldin
Hurmatli sardorlar! Siz eng qiyin va eng mas’uliyatli vaziyatda ham o’z
jamoangizni qo’llab final ostonasiga yetaklab kela oldingiz. Bu ham o’ziga xos
matonat va iroda talab etadi albatta. Zero, “bizning shaxsimiz bog’, irodamiz esa
uning bog’bonidir”. Bu mening emas, atoqli ingliz yozuvchisi Vilyam
Shekspirning fikri. Sizlarni eng so’nggi dovondan o’tishda irodali bo’lishga
chaqirib, final bilan qutlayman. Final!
Oxirida:
Mana o’yinimiz ham tugab, kim g’olibu, kim ko’p bilishini, qolaversa
kimning xotirasi eng kuchli ekanini ham aniqlab oldik. O’yin bahonasida ozmi-
57
ko’pmi bilmaganni bilib, eslab qololgan bo’lsangiz, bu “72” yoki “12” intelektual
o’yinning kichkina bo’lsa ham yutug’i deb bilamiz. Sizlarni yana intelektual
o’yinlarda kutib qolamiz.
Dostları ilə paylaş: |