Osiyo taraqqiyot banki (OTB) – 1966 yili BMTning Osiyo va Tinch
okеani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) qaroriga
ko’ra tashkil topdi (1968 yildan boshlab krеdit faoliyatini boshladi).
Aksionеr jamiyati asosida ish yuritadi. Unga 45 dan ortiq davlat a’zo.
Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy va savdo
munosabatlariga homiylik qilish, ularga moliyaviy va tехnik, iqtisodiy
yordam ko’rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik qilishdir.
OTBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.