�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
8.3. KICHIK KORXONALARDA ASOSIY VOSITALARNING HISOBGA OLINISHI Kichik korxonalarda asosiy vositalar sotib olinishi, qurilishi va
ijaraga olinishi mumkin. Kichik korxonalarda asosiy vositalarning analitik
hisobi ikki turda olib boriladi:
1. Ishlab chiqarishga doir kichik korxonalarda asosiy vositalar kimga
biriktirilganligiga qarab, o‘sha javobgar shaxs tomonidan «Inventar
ro‘yxatida, OS 13 – shaklda yuritiladi.
2. Uncha katta bo‘lmagan ishlab chiqarishga doir kichik korxo-
nalarda asosiy vositalar, asosiy vositalarning hisobga olish vedomosti
13-1 da yuritiladi.
Asosiy vositalarning baholanishi sanoat korxonalaridek uch xil
bahoda yuritiladi: dastlabki qiymati, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiy-
matida.
Asosiy vositalar hisobi 1-vedomost va 4-jurnal orderda yuritiladi.
Asosiy vositalar schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada
bo‘ladi.