Ishning borish tartibi:
1. Odam va hayvonlarda kasallik qo‗zgatuvchi oddiy va murakkab
viruslardan bittadan virusning tuzilishi rasmlari hamda jadvallar asosida
o‗rganiladi.
2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari va ularning alomatlari haqida aniq
ma‘lumotlar beriladi.
3. Tarqalish yo‗llari adabiyotlar hamda manbalar asosida o‗rganiladi.
4. Virion tuzilishi ish daftariga chizib olinadi.
Nazorat savollari:
1.Viruslar haqidagi tushunchangizni aytib bering?
2. Viruslar odam va hayvonlarda qanday xavfli kasalliklarni keltirib
chiqaradi?
3. Gripning bugungi kungacha qanday xillari aniqlangan va ular bir-biridan
qandau farqlanadi?
4. Gripdan tashqari odamuchun xavfli bo‗lgan viruslarni bilasiz?
|