MAQOLANING TUZILISHi
I. Kirish qism (10-20 %)
• mavzuning asoslanishi + mavzuning dolzarbligi + asosiy tezis
• qo‘yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
• mavzuni bugungi kun pozitsiyalaridan ko‘rib chiqish zarurligining asoslanishi.
• mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
• mavzuni bayon qilish bilan bog‘liq xatolar bayoni va hokazo
II. Asosiy qism (70-80 %)
• dalillar + ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan faktlar
• induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
• deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko‘rib chiqishga.
III. Yakunlovchi qism (10-20 %)
• ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan xulosalar
• asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
• xulosalar;
• muammoning davomiyligini ko‘rsatish;
• tavsiyalar.
Ilmiy xulosa ilmiy tadqiqning mag‘zi, maqsadi va uning
eng zaruriy qismidir. Ilmiy xulosa tadqiqotchi kuzatgan,
tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o‘zi shakllantirgan ilmiy
tushunchadir. Ilmiy xulosa ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi
bayon etgan tavsiflardan kelib chiqqan holda, sermazmun
qonuniyat sifatida shakllantirilishi zarur.
Maqolalar ilmiy uslubda faqat uchinchi shaxs tomonidan
yozilishi shart.