Yung kontseptsiyasida jamoaviy ongsizlik sohasining mazmunini arxetiplar
tashqil etadi
. Arxetiplar
, uning talqinida, bu "son-sanoqsiz qator o’tmish
avlodlar boshdan kechirgan juda katta tajribalarning xosilasi", "bir xil
tipdagi kechinmalarning ruhiy cho’kindisi
".
INDIVIDUAL ONGSIZLIKDAN
FARQLI O’LAROQ, ARXETIPLAR BIOLOGIK EMAS, BALKI SIMVOLIK
(MAJOZIY) TABIATGA EGA
. SHuning bilan birga, ular xar bir inson
psixikasida ham mavjud va uning tushlarida, trans (holati)da yoki mistik
yorishuvda inson ongiga ochilishlari (unga kirishlari) mumkin. Demak, intuitsiya
shunday "ochilish"lar natijasi deb qaralishi mumkin.
Yungning fikricha, arxetiplar mazmuni xalq eposlarida, miflarda, ertaklarda va
xalq ijodining boshqa shakllarida muhrlanib qolgan. Din esa, uning nuqtai nazariga
ko’ra, arxetiplar namoyon bo’lishining eng muhim shakllaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |