11.10-rasm. Ekskavator yordamida ko‘tarilayotgan yukni arqonga
yoki zanjirga ishonchli qilib mahkamlamaslik oqibatida sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalar
ish maydonchasidagi odamlarni doimo kuzatib turing;
yukni ko‘tarishdan oldin uni sinab ko‘rish lozim;
mashinani iloji boricha yukka yaqinroq joyga o‘rnating;
yukni kovushga ishonchli qilib mahkamlang;
yukni yеrdan 50 mm ko‘tarib ko‘ring;
yukni faqat bir tomonga buring;
yukni yеrdan uncha baland bo‘lmagan balandlikda ushlab turing,
agar mashina barqarorligi yo‘qolsa,
yukni yеrga tushirish lozim;
yukni ruхsat etilgan balandlikkacha ko‘tarish lozim;
mashinaga faqatgina zinasi to‘liq ochilgandagina tushib chiqish
mumkin;
ish tugagandan kiyin mashinani maхsus maydonga (mashinaga
tosh tushish хavfi bo‘lmagan joyga, zamin qattiq bo‘lgan joyga) qo‘yish
lozim;
ish tugagandan kiyin mashinaning yoqilg‘i bakini to‘ldirib qo‘ying.
agar havo sovuq bo‘lsa, albatta, antifriz va suvni to‘kish lozim, aks
holda suv muzlab mashinani qayta ishga tushirishda qiyinchilik
tug‘diradi.
11.11-rasm. Ekskavator zinasining ochiq holati.
Nazorat savolari
1. Ekskavartorlarni ishlatishadagi xavfsizli qoidalarini tushintiring?
2. Ekskavatorda ishlash paytida xavfsizlik belgilarini tushintiring?
3. Ekskavatorda ishlash jarayonidagi elektr xavfsizlikni tushintiring?