turar joylar, qo’rg’onlar, maqbaralar, qadimgi shahar xarobalari va boshqalar kiradi. O’quvchilar
mehnat qurollari va boshqalarga qarab, odamlarning mashg’ulotlarini, hashamatli imoratlar va
pastqam kulbalar mavjudligini, diniy marosimlarga va kishilarning dafn qilinishidagi rasm-
rusumlarga doir topilmalar asosida o’sha zamondagi diniy e'tiqodlarini bilib oladilar.
Tasviriy san'at asarlariga — moddiy voqelikni, odamlar va ularning bir-biriga munosabatini
hamda ularning tevarak-atrofidagi narsalarni — har xil buyumlarni, geografik muhitni bevosita
tasvirlab beruvchi asarlar, odamlarning har xil xudolar, ruh-arvohlar, jinlar, alvastilar, afsonaviy
qahramonlar, devlar va hokazolar haqidagi xayoliy tasavvurlarini aks ettiruvchi asarlar kiradi.
Yozma manbalarga — qonunlar, buyruqlar, xo’jalik ishlariga doir yozuvlar, shartnomalar,
xizmat vazifasiga oid yozishmalar, sud hukmlari, yilnomalar, xronikalar, memuarlar, shahar va
mamlakatlar
tasvirlab yozilgan asarlar, xatlar va yozuvlar.
Dostları ilə paylaş: