Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; -
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; -
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -
Vatanparvarlik ekanligini alohida ko’rsatib o’tadi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati va ma’naviyati bilan tanishtirish juda
muhimdir. ―Ta’lim to’g’risida‖gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ta’lim –
tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishga oid ko’rsatmalar
beriladi. Shuning uchun tarix darslari jarayonida xalqimizning madaniy merosini o’rganish,
milliy o’ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlarini hisobga olib, milliy ta’lim – tarbiyamiz
an’analariga suyanib ish ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda QADRIYAT tushunchasiga
kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, ―Qadriyatlar deyilganda faqat o’tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi‖