Chop etish
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning qisqacha tarixlari va ahli baytlari
«Batahqiq, sizlarga o‘zingizdan bo‘lgan, mashaqqat chekkaningiz uning uchun og‘ir bo‘lgan, siz
(ning saodatga yetishishingiz)ga tashna, mo‘minlarga mushfiq, mehribon Rasul keldi ». (Tavba
surasi, 128-oyat).
Olamlarga rahmat bo‘lgan, oxir zamon Payg‘ambarining insonlar orasidan chiqishi butun insoniyat
uchun katta faxrdir. Muhammad alayxissalom insoniyatning mashaqqat chekishi, qiyinchilikda
qolishni aslo istamaydigan, og‘ir ishlarnida yengil qilgan, yaxshiliklar bashoratini olib kelgan
Payg‘ambardir. Insoniyatning saodatga yetishiga nihoyatda tashna bo‘lgan Payg‘ambardir. Dunyo
tarixida Muhammad alayhissalomchalik insoniyatga karamli va mehribon kishi bo‘lmagan.
Muhammad (s.a.v.) Rabi’ul avval oyining o‘n ikkinchi sanasida, milodiy 571-yil aprel oyida
dushanba kuni dunyoga keldilar. Otalari Quraysh aslzodalaridan, xulqi go‘zal, ko‘rkam va
omonatdor bo‘lgan Abdulloh ibn Abdulmuttalibdur. Onalari Omina binti Vahbdur.