4.5-rasm. Funksiya grafigini qurish.
Quyida grafik formati muloqot oynasi qo’yilmalarini beramiz:
1. X-Y Axes – koordinata o’qini formatlash. Koordinata o’qiga setka, sonli qiymatlarni grafikga
belgilarni qo’yish va quyidagilarni o’rnatish mumkin:
• LogScale – logarifmik masshtabda o’qga sonli qiymatlarni tasvirlash;
• Grid Lines – chiziqqa setkalar qo’yish;
• Numbered – koordinata o’qi bo’yicha sonlarni qo’yish;
• Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o’qda avtomatik tanlash;
• Show Markers – grafikka belgi kiritish;
• Autogrid – chiziq setkasi sonini avtomatik tanlash.
2. Trace – funksiya grafiklarini formatlash. Har bir funksiya grafigini alohida o’zgartish mumkin:
• chiziq ko’rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtriхli, Dadot – shtriхli punktir);
• chiziq rangi (Color);
• grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli, Step – pog’onali
grafik va boshqa);
• chiziq qalinligi (Weight);
• simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to’g’ri burchak, romb).
3. Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni kiritiladi.
4. Defaults – bu qo’yilma yordamida grafik ko’rinishga qaytish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |