7-MAVZU XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya
Reja:
1. XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya iqtisodiyoti.
2. XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiyaning ichki va tashqi siyosati
3. XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya shaharlari
Tayanch so‘z va iboralar: Vizantiya, Paleologlar, Duklar, Angellar, Kantakuzenlar,
Angor fojeasi, Kichik osiyo, turklar, Mehmet II, Maritsa jangi, Kosova jangi.
Asosiy matn:
1261 yildan keyin Vizantiyaning sotsial iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. 1261 yilda grek
Vizantiya imperiyasining qaytadan tiklanishi buyuk davlat bo‘lgan Vizantiyaning o‘tmishdagi
kuch-qudratini qayta tiklash degan so‘z emas edi. Mixail VIII Paleologning mulklari faqat
Kichik
Osiyoniig
shimoli-g‘arbiy
burchagidan, Bolqon yarimorolidagi Frakiya va
Makedoniyadan, Moreyaning bir qismidan va Egey dengizining shimoliy qismidagi ba’zi bir
orollardan iborat edi. Konstantinopol talangan va qisman vayron qilingan edi. Uning savdo
sohasidagi ahamiyati yo‘qoldi. Venetsiyaliklar va genuyaliklar Egey dengizida ham, Bosforning
o‘zida ham, shuningdek, Qora dengizda ham savdo-sotiq ishlarini o‘z qo‘llariga kiritib olgan
edilar. Latinlarning hukmronligi Vizantiyaning burungi savdo aloqalarini emirib tashladi. Ammo
u, ayni zamonda, Vizantiya davlati idorasining eski mexanizmini ham vayron qildi. Qayta
tiklangan Vizantiya iqtisodiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham bir-birovi bilan bog‘lanmagan
hamda markazga uncha itoat qilmagan, o‘ziga mustaqil okruglarga tobora ko‘proq bo‘linib
borgan viloyatlar yig‘indisigina edi. Kichik Osiyo feodallari SHarqda «mustaqil siyosat»
yurgizib, turk amirlari bilan o‘zlaricha shartnoma va bitimlar tuzar edilar.
Bolqon yarimorolida Duklar, Angellar, Kantakuzenlarning aristokratik xonadonlari
Paleologlar bilan raqiblashib yurardilar. XIV asrda Kantakuzenlar Paleologlarni taxtdan ancha
vaqtlargacha chetlatib, imperatorlik hokimiyatini bosib olishga muyassar bo‘ldilar. Vizantiya
tarixining so‘nggi davrini xarakterlab beruvchi o‘zaro feodal urushlari uning siyosiy hayotini
izdan chiqardi, bu esa Vizantiyaning ichki iqtisodiy aloqalari zaiflashganligini bilvosita ko‘rsatib
berdi. Vizantiyaning keyinroq davrida natural xo‘jalikka va ishlab berish(otrabotka) rentasiga
qaytishdek ochiqdan-ochiq orqaga ketiga(regress)paydo bo‘ldi. Qashshoqlashgan aholining
davlat talab etgan og‘ir soliqlarni to‘lashga qurbi etmay qoldi, holbuki, davlat o‘zining
territoriyasi kamaygan bo‘lishiga qaramay, nomunosib katta byurokratik apparatni saqlab qolgan
edi. Faqat krepostnoy dehqonlar(pariklar)gina emas, balki shahar plebey elementlari ham g‘oyat
nochor ahvolda yashardilar. Sanoat, savdo-sotiq, dengizchilikning orqaga ketishi shahar
kambag‘allari uchun va hatto shaharliklarning o‘rta tabaqasi uchun ham kelgusida ishsizlik,
ochlik va batamom qashshoqlanish xavfi tug‘ilgan edi. Sotsial munosabatlar tobora keskinlashdi.
XIVasrning 40-yillarida imperiya bo‘ylab shaharliklarning kutilmagan g‘oyat zo‘r
harakatlari avj oldi. Bu harakatlar Adrianopol, Solun(Fessalonika), Gerakleya va boshqa
shaharlarda yuz berdi. Solundagi etti yil (1342—1349)davom etgan harakat ayniqsa kuchli
harakat bo‘ldi. Zilotlar qo‘zg‘oloni nomi bilan mashhur bo‘lgan bu harakat natijasida
qo‘zg‘olonchilar mahalliy patritsiy zodagonlarnin gvakillarini qatl etdilar, bu zodagonlarning
molu-mulkini musodara qildilar, Italiya shahar respublikalari tipidagi Solun Fessalonika)
shaharini mustaqil respublika deb e’lon qildilar. Turklarning Maritsa daryosi bo‘yidagi (1371y.)
va Kosovo Maydonidagi (1389y.), shuningdek, Nikopol yonidagi(1396y.), g‘alabalari
Konstantinopolning qulashini muqarrar qilib qo‘ydi. Boyazid tezda Vizantiyani zabt qilish
haqidagi planlarini hechkimdan yashirmadi. Vizantiya imperatori Manuil II 1399—1402 yillarda
G‘arbiy Evropaga ketib, u erda Italiyaning turli hukumatlaridan, shuningdek, Angliya va
Fransiya korollaridan yordam olishga urinishi bexuda bo‘lib chiqdi. Manuil Parijda turgan
paytida, unga mo‘g‘ullar Boyazidni tor-mor qilib tashladi, degan xabar etdi. Imperator dahshatli
dushmandan batamom qutulibman degan umidda Konstantinopolga qaytib keldi.
«Angor falokati» tufayli Vizantiyaning halokati haqiqatan yana ellik yil orqaga surildi.
Imperiya hatto Solun shaharini biroz vaqt o‘ziga qaytarib oldi. XV asr boshlarida Turkiya
davlatining krizisi. Mo‘g‘ullar bilant to‘qnashish Turkiya davlatining kengayishi Temur hujumi
munosabati bilan vaqtincha to‘xtab qoldi. Urta Osiyoda ulkan imperiya tuzgan Temur
(Temurlang) YAqin SHarqini ham o‘ziga bo‘ysundirgan edi. 1402 yil yozida Temur g‘oyat katta
qo‘shin bilan Kichik Osiyoga kirdi. Boyazidning ham katta harbiy kuchlari (120 mingga yaqin
kishi) bor edi, lekin kichik osiyolik turk amirlari sultonga xiyonat qilib, Temur tomoniga o‘tdilar.
1402 yil 28 iyulda Anger (hozirgi Anqara) yonida qat’iy jang bo‘lib, turklar batamom engildilar.
Boyazid qochib borayotgan mahalida qo‘lga olinib, temir qafasga solindi va tez orada asirlikda
vafot etdi. Temurlang Turkiya davlatini yo‘q qilib yubormadi. Uning floti bo‘lmaganligi uchun
Evropaga bormay, O‘rta Osiyoga qaytib keldi. 1405 yilda Temur vafot qildi, shundan keyin
uning imperiyasi tezda tarqalib keta boshladi.
Angor mag‘lubiyati natijasida turk feodallari lagerida uzoqqa cho‘zilgan o‘zaro urushlar
boshlandi. Uzoq vaqtgacha sultonning yagona hokimiyati bo‘lmadi. Boyazidning o‘g‘illari
o‘rtasida sultonlik taxti uchun qurollik kurash bo‘ldi. 1415—1418 yillarda Qichik Osiyoda
(Anatoliyada) turk dehqonlarining qo‘zg‘olonlari yuz berdi. Bularning hammasi turklar e’tiborini
Vizantiyadan chetga tortdi. Ammo Turkiya davlatining siyosiy krizisi muvaqqat krizis edi.
Turklarda biror-bir jiddiy yangi tashqi dushman yo‘q edi. Vizantiya avvalgidek kuchsiz davlat
bo‘lib qolaverdi. XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Ulardagi ichki
nizolar barham topdi. Kichik osiyolik dehqonlar harakati bostirildi. Turkiya harbiy tashkiloti
yana ancha kuchaytirildi, jumladan, turklar bu vaqtda o‘zlarining harbiy sistemalariga artilleriya
joriy etgan edilar. Uz raqiblarini enggan sulton Murod II (1421—1451) 20-yillarning boshlarida
istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda u Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da,
lekin uni qo‘lga ololmadi. 1430 yilda Solun olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi.
Florensiya (uniyasi) ittifoqi. Vizantiya” mulklari faqat Konstantinopol shahari va unga tutashgan
kichik okrug bilan chegaralangan edi. Turkiya mulklari halok bo‘lib borayotgan imperiyani zich
halqa bilan o‘rab olgan edi. Vizantiya hukumati turklarga qarshi zo‘r berib katoliklar
Evropasidan yordam axtardi. Imperatorlar grek cherkovini papa hokimiyatiga bo‘ysundirishga
tayyor edilar. Papalar bu taklifga qattiq yopishib oldilar. 1439 yilda Florensiya soborida papa
hokimiyati ostida sharqiy va g‘arbiy cherkovlar ittifoqi-e’lon qilindi. Ammo greklarning o‘zlari
ittifoqqa keskin qarshilik ko‘rsatdi. Grek flotining boshlig‘i Luka Notara, Konstantinopolda papa
bosh kiyimidan ko‘ra, turk sallasini ko‘rishni a’loroq ko‘raman, deb oshkora aytgan edi. SHu
sababli uning fikriga yuqori tabaqa sinflar orasida ham, quyi grek aholi ommasi ichida ham
ko‘plar qo‘shilgan edi. Quyi grek aholi ommasi salib yurishlari va Latin imperiyasi zamonlaridan
boshlaboq G‘arbiy Evropa feodallariga nafrat ko‘zi bilan qarardi.
1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirilib, unda polyaklar, chexlar,
vengrlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa G‘arbiy evropalik ritsarlar qatnashgan
edi.Ammo salibchilarning bu safargi yurishi ham muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Varna yonidagi
jangda (1444y. 10 noyabr) ritsarlar yakson qilindi. SHuning o‘zi bilan Konstantinopolning
halokati oldindan hal qilib qo‘yildi.
Konstantinopolning qulashi. Konstantinopol 1453yil 9 mayda quladi. So‘nggi Vizantiya
imperatori Konstantin XI (1448—1453) edi. Sulton Murod IIning taxt vorisi—sulton
Muhammad (Mehmed II) (1451—1481) Konstantinopolni zabt etdi. Konstantin XI ixtiyorida
arzimagan miqdorda harbiy kuchlar10 mingdan kamroq kishi bo‘lib, bu kuchlar ham yollangan
askarlardan, ko‘proq genuyalik soldatlardan tashkil topgan edi. Muhammadning 200 ming askari
bo‘lib, uning 15 mingini tanlangan yanichorlar tashkil qilardi. Konstantinopol qamali ikki oycha
davom etdi. Qamalda qolganlar dengiz orqali bir oz vaqt madad qo‘shinlari, qurol-yarog‘ va
oziq-ovqat olib turdilar. Konstantinopolni quruqlikdan ham, dengizdan ham o‘rab olish uchun
Muhammad II yog‘langan maxsus yog‘och to‘shamalar yordamida turk kemalarini Oltin SHohga
sudrab olib o‘tishni buyurdi, chunki gavapga kirish yo‘li ulkan zanjirlar bilan to‘sib qo‘yilganligi
sababli, unga boshqacha yo‘l bilan o‘tib kirishning iloji yo‘q edi. Imperator Konstantin o‘ldirildi,
shahar himoyachilarining ko‘pchiligi qirib tashlandi. Istilochilar Vizantiya poytaxtini bearmon
taladilar. Ammo Konstantinopolni Turkiya imperiyasining poytaxti qilishga qaror berilgani
uchun, sulton shahar binolariga ziyon-zaxmat etkazilmasin, deb buyruq berdi. YUstinian
zamonidan qolgan mashhur yodgorlik, ya’ni ayo Sofiya sobori saqlab qoldirildi, lekin keyin u
«AyoSofiya» nomi ostida sultonning asosiy masjidiga aylantirildi. Konstantinopol yangi nom—
Stambul nomini oldi.
SHu tariqa eski Rim qulagandan keyin, oradan ming yil o‘tgach, ikkinchi (YAngi Rim),
ya’ni Konstantinopol ham quladi. Janubi-SHarqiy Evropada uzoq vaqtgacha oshkora mustabid
harbiy feodal zulmi va eng og‘ir milliy zulm rejimi o‘rnatildi. Konstantinopolni istilo qilishning
iqtisodiy va siyosiy oqibatlari. Vizantiyani turklar tomonidan istilo qilinishi
Evropa xalqlari uchun g‘oyat katta oqibatlarga sabab bo‘ldi. Konstantinopolning qulashi
bilan Levantiyadagi savdo-sotiq ishlari orqaga ketdi. Turklar bosib olgan mamlakatlar bilan
savdo-sotiq qilish sharoitlari keskin yomonlashdi. Turklar osiyolik va evropalik savdogarlardan
juda katta haq undirib oladigan bo‘ldilar. Savdo yo‘llari xavfli bo‘lib qoldi. Turklarning
beto‘xtov olib borgan urushlari Urta dengiz bo‘yida muntazam savdo-sotiq ishlarini olib borish
imkoniyatidan mahrum etdi. Bundan shu holni ko‘ramizki,turk istilosi evropalik savdogarlarni
va dengizchilarni Turkiya mulklarini chetlab o‘tib SHarqqa,-harakatini kuchaytirdi. Turklarning
Konstantinopolni istilo qilishi Markaziy va SHarqiy Evropa uchun, shujumladan, slavyan
mamlakatlari uchun ham ayniqsa katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
XVI asrda Turkiya Polsha, CHexiya, Vengriya, Avstriya, Ukrainaga qarshi agressiya
qildi. Turklar 1526 yilda Moxach yonidagi jangda G‘arbiy Evropa salibchilari ustidan yangi
g‘alaba qozonganlaridan keyin,Turkiya Vengriyaning katta bir qismini egalladi va
Gabsburglarning mulklariga bevosita xavf-xatar soldi. Turkiya solgan xavf-xatar, pirovardida,
Gabsburglar boshchiligida O‘rta Dunay bo‘yida yashagan xalqlardan iborat ko‘p millatli
Avstriya davlatining vujudga kelishiga imkon berdi.
Ammo turklar G‘arbiy Evropaga ham ma’lum darajada xavf solmoqda edilar.
XVI asr boshlarida Evropa va Osiyo tutashgan joyda o‘zining sostaviga Misrdan tortib to
Ispaniyagacha barcha shimoliy Afrika sohilini ham kiritgan g‘oyat katta tajovuzkor davlatning
tashkil topishi butun Evropani turklarning bostirib kirish va payhon qilib tashlashdek jiddiy xavf-
xatar ostida qoldirdi. Lekin Evropa Turkiya masalasida bir fikrga kelolmadi. Evropa
davlatlarining bir qismi turklar tomoniga o‘tdi. Ba’zi bir G‘arbiy Evropa hukumatlari,
Evropadagi o‘z raqiblari bo‘lgan boshqa davlatlarga qarshi kurashda Turkiya imperiyasiga yangi
ittifoqchi maydonga keldi, deb qaradilar. Evropada avvalo Fransiya Turkiya masalasida ana
shunday do‘stona mavqeni egalladi, chunki Fransiya Gabsburglarga qarshi kurashda Turkiyadek
bir ittifoqchiga muhtoj edi. XVI asrning ikkinchi yarmida YAqin SHarq bozorlarini bosib
olishga intilayotgan Angliya ham Turkiya bilan yaqinlashmoqchi bo‘ldi.
IX-XI asrlarda Evropada feodal tuzumning qaror topishi iqtisodning yuksalishiga olib
keladi: o’rmonlar tozalandi, Rim imperiyasining oxirgi yillarida tashlab qo’yilgan yerlar yana
ishlatila boshlandi, so’g’orish ishlari yaxshilandi, uzumzor va zaytun maydonlari kengaydi, uy
hayvonlari zotdorligi yaxshilandi. yerga feodal mulkchilik va feodalning siyosiy
hokimiyatining bevosita bog’liqligi XI asr o’rtalarida Evropada qaror topgan ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarning xarakterli tomoni hisoblanadi. Yirik votchina faqatgina xo’jalik olib
boriladigan hudud hisoblanmasdan, balki kichik mustaqil davlat – sen’oriya hisoblangan. O’z
hududidagi aholiga nisbatan feodal faqat yer egasi emas, u podshoh ham sen’or bo’lgan. Uning
qo’ida sud, harbiy va siyosiy kuch to’plangan. Jamiyatning bunday tashkil qilinishi Evropada
siyosiy tarqoqlikni keltirib chiqaradi.
G’arbiy Evropa va Vizantiyada XI asrda jamiyat ikki sinfga ajraladi: yer egalari va
qaram dehqonlar. Krepostnoy dehqonlar nisbatan og’ir ahvolda bo’lishgan. Ba’zi davlatlarda (M.
Fransiya) X-XI asrlarda dehqonlarning katta qismini krepostnoylar tashkil qilga. Ular yer
egasiga shaxsi orqali ham, sud munosabatlariga ko’ra ham qaram bo’lib, og’ir ekspluatatsiyaga
mahkum bo’lishgan. Ular feodalning mulki hisoblangan. Sobiq qullar ham krepostnoylar
qatoriga qo’shila borgan.Shaxsan erkin dehqonlarning ahvoli ancha yengil bo’lib, Angliya,
Germaniya, G’arbiy Fransiya, Italiya kabi davlatlarda ular ko’pchilikni tashkil qilgan.
Feodallarning turli pog’onasi o’rtasidagi munosabat feodal ierarxiyasi prinsipi asosida tashkil
qilingan. Feodal ierarxiyasining tepasida qirol bo’lib, hamma feodallarning oliy sen’ori
hisoblangan. Undan keyin qiroldan yer olgan yirik dunyoviy va diniy feodallar turgan. Bular:
gertsoglar, graflar, arxiepiskoplar, episkoplar, abbatlar. Ular nomiga qirolga vassal hisoblansada,
mustaqil urush olib borganlar, o’zlarining pullarini zarb qilganlar, o’z hududlarida qonunlar joriy
qilganlar. Ularning vassallari baronlar atalib, ular ham o’z mulklarida mustaqil bo’lganlar.
Feodal ierarxiyasining oxirgi bosqichida ritsarlar turgan va ular vassalga ega bo’lmagan. Ularga
yer olgan dehqonlar qaram bo’lgan. Har bir feodal o’zidan yer olgan feodalga sen’or
hisoblangan, o’zidan yuqori turgan (ya’ni yer bergan) feodalga vassal hisoblangan. Feodal
pog’onasining quyi bosqichida turuvchi feodallar o’zlarining sen’orlarining sen’orlariga
bo’ysunmaganlar. G’arbiy Evropaning Angliyadan boshqa davlatlarida feodallar pog’onasi
o’rtasidagi munosabat “ vassalimning vassali mening vassalim emas” prinsipiga ko’ra tashkil
qilingan. Vassal munosabatlarining asosi feodal yer egaligi – feod bo’lgan. Feod harbiy xizmat
evaziga berilib, benifetsiyadan farqli ravishda merosiy yer egaligi hisoblangan (feod – taqdim
etilgan yer).
Vassalga feod berish–investitura tantanalari marosim bilan amalga oshirilgan.
Vassallikka o’tayotgan feodal o’z sen’origa sodiqlik to’g’risida ommaviy qasamyod qilgan.
Harbiy xizmat o’tashdan tashqari (odatda bir yilda 40 kun) vassal o’z sen’origa zarar
keltirmasligi, uning mulkini himoya qilishi va boshqa majburiyatlarni o’tashi kerak bo’lgan. IX-
XI asrlardagi markazlashgan davlat bo’lmagan va feodal tarqoqlik sharoitida feodal ierarxiyasi
dehqonlarni ishlatish va ularning chiqishlarini bostirishga imkon bergan. Qo’zg’olonlar vaqtida
feodallar o’zaro nizolarni unutib, birgalikda harakat qilganlar.
Document Outline
Dostları ilə paylaş: |