1-mavzu. “O„zbek tilining sohada qo„llanishi” fanini o„qitishning maqsad va vazifalari mashg‟ulot rejasi



Yüklə 100,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.04.2022
ölçüsü100,96 Kb.
#56649
1   2   3
1-mavzu

     2-  topshiriq.  Nutqqa  qo‟yiladigan  talablarni  o‟qituvchi  hamkorligida 

izohlashga harakat qiling. Misollar bilan izohlang. Matn tuzing.    



1-mashq.   

     Gaplarni o‟qing va o‟z fikr-mulohazalaringizni bildiring.  

1.  Har  bir  millatning  dunyoda    borlig‟ini    ko‟rsatadurg‟on    oynayi  hayoti  til  va 

adabiyotdir. Milliy tilni yo‟qotmak millatning ruhini yo‟qotmakdir. (A. Avloniy)  

2. Nutq  –  qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. (R.Emirson)  

3. Har bir kishining madaniylik darajasi, o‟qib qanchalik tarbiya ko‟rganligi uning 

yozma va og‟zaki nutqidan bilinadi. (S.Ibrohimov)  

4.    Jamiki  ezgu  fazilatlar  inson  qalbiga,  avvalo,  ona  allasi,  ona  tilining  betakror 

jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. (I.A. Karimov)  

5. So‟zlash qobiliyati  –  hodisalar ichiga kirishining yagona va betakror vositasi.             

                                                                                                     (L.I. Tolstoy)  

      3-topshiriq.    Yusuf  Xos  Hojibning  “Qutadg‟u  bilig”,  Kaykovusning 

“Qobusnoma”, A. Navoiyning “Hayrat ul-abror”, A.Avloniyning “Turkiy guliston 

yoxud  axloq”  asarlaridan  til  va  so‟z  qudratiga  bag‟ishlangan  o‟rinlarni  o‟qib, 

parchalar yod oling.  

      Nutqning  faoliyat  ko‟rinishlari.    Nutq  faoliyati  ikki  usulda  namoyon  bo‟ladi: 

og‟zaki va yozma shaklda.  

Og‟zaki nutqning ikki ko‟rinishi bor:   

1) oddiy so‟zlashuv nutqi;  

2) adabiy so‟zlashuv nutqi.  

      Oddiy  so‟zlashuv  nutqi  tabiiy  nutq  sifatida  namoyon  bo‟lib,  sheva  ta‟sirida 

bo‟lgan nutq hisoblanadi. Bunda adabiy til me‟yorlariga amal qilinmaydi, noadabiy 

qatlam so‟zlari uchrab qoladi (o‟rinsiz qo‟llangan chet so‟z va so‟z birikmalari  –  

varvarizm,  so‟kinch,  haqorat  so‟zlar–vulgarizm,  nutqda  ortiqcha  takrorlanadigan 

parazit so‟zlar, jumladan, haligi, shu desangiz, ibi, innaykeyin, habba va h.k.).  

Adabiy  so‟zlashuv  nutqida  til  me‟yorlari  (orfoepiya  qoidalari)ga  qat‟iy  amal 

qilinadi.  Yozma  nutqning  paydo  bo‟lishi  og‟zaki  nutq  ta‟sirida  bo‟lgan.  Yozma 



nutq adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‟ysunuvchi 

grafik shaklidagi nutqdir.  

       


Yüklə 100,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin