27
Kompililyatsiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lyokin interpretatsiya
qilinayotgan dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.
Har bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyatsiya
yoki interpretatsiyaga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Paskal dasturlash
tili o‘ta murakkab masalalar dasturini to‘zishga mo‘ljallangan bo‘lib, bunday
masalalarni yechish uchun esa dastur bajarilishi tezligi yuqori bo‘lishi talab
qilinadi.
Beysik dasturlash tili esa dasturlashni o‘rganuvchi va bu sohaga ilk qadam
bosayotganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr
amalga oshirilganligi sababli boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.
Ba‘zida bitta dasturlash tili uchun ham kompilyator, ham interpretator
mavjud. Bunday holda dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan
foydalaniladi, so‘ng esa dastur ishini tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyatsiya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: