Ikkiyuzlamachi yoki “Yolg’onchi g’amxo’r” – o’zini sizga yaxshilik qilayotgan kabi
ko’rsatadi, biroq qalbida boshqalarga nisbatan adovat, ko’rolmaslik mavjud bo’lgan odam.
“Surunkali ayblovchi” – doimiy ravishda o’zgalarning aybini qidiradigan (tirnoq
orasidan kir qidiradigan), o’zini doimo haq deb hisoblaydigan shaxs. Hayotda uchraydigan bu
kabi odamlarning toifalari talaygina.
Shu munosabat bilan ziddiyatli holatlarda yoki tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala
qilganingizda siz nafaqat do’stlik degan tushunchaning ma’nosini anglaysiz, balki muomalaning
yuksak sifatlarini ham o’zlashtirib borasiz. Dialektikaning ahamiyati aynan mana shu jarayonda
namoyon bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, ziddiyatlar insonlararo muomala madaniyatida tez-tez
hissiyotli holatlarni yuzaga keltiradi va ayni paytda munosabatlarni chigallashtirishga hamda
murakkablashtirishga olib keladi. Ziddiyatli holatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun
quyidagilarni tavsiya yetish mumkin:
1. Ziddiyatli holatlarda insonning hatti-harakatini aql emas, balki hissiyotlar
boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson o’zining so’zi va
hatti-harakatiga javob bera olmaydi.
2. Muomalaning ko’plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib”
tashlamang, o’zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering.
3. Ziddiyatning mohiyatini to’laqonli tushunishga harakat qiling va “Mabodo ziddiyat hal
etilmasachi?” degan xavotirdan yiroq bo’ling.
4. Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g’azablanayotgan bo’lsa, uni
«sovutishga” intiling, zinxor undan baland kelishga urinmang: o’zingiz jim bo’lingda, undan
buni talab qilmang.
5. Suhbatdoshingizga o’zini sizning o’rningizga quyib ko’rishini so’rang, ya’ni “Agar siz
mening o’rnimda bo’lganingizda qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?” degan savolni berib
ko’ring.
6. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang.
7.
Ziddiyatni
yuzaga
kelishiga
sababchi
bo’lgan
hamkoringizni
ha
deb
ayblayvermang.
8. Har qanday holatda ham o’zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling. O’ylaymizki,
ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |