xodimi quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
birinchidan, shaxsiy ozodalik, ya’ni badan, yuz-qo’l, soch va shu kabilarni toza tutishi
kerak. Buning uchun har bir xodimning shaxsiy buyumlari – alohida sochig’i, dastro’moli,
sovuni, tarog’i erkaklarning ustarasi, ayol xodimlarning atir-upasi, tirnoq olgichi, oynasi va
boshqa narsalari bo’lishi lozim. O’zgalar narsalaridan foydalanish odobga ham, gigiyena
qoidalariga ham to’g’ri kelmaydigan xunuk ish hisoblanadi;
ikkinchidan, yuz insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi ko’zgu ekanligini unutmagan
holda, uni har doim yuvib turish, soqolni olish, mo’ylabni tartibga keltirish, yuzning tiniqligini
saqlash, ajinlar bosishiga, yara-chaqalar chiqishiga qarshi davolash hamda peshonani, burunni
tirishtirib yurmaslik choralarini ko’rish lozim. Umuman olganda, ichki ishlar idoralarining
hammaning nigohi tushib turadigan, forma kiygan xodimi yuzi xushro’y, yoqimli bo’lishi va
undan «nur yog’ilib turishi» kerak. Shuni unutmaslik lozimki, yuzdagi xunuklik, badbasharalik
odamlarni qochiradi;
Dostları ilə paylaş: |