binoan manfaatdor shaxs – qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy
harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy
hujjatga yoki ma’muriy harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin
bo‘lgan shaxsdir.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi
qonunning 24-moddasida manfaatdor shaxsning huquq va majburiyatlari belgilab
qo‘yilgan. Unga ko‘ra, “Manfaatdor shaxslar ma’muriy ish materiallari bilan
tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxa ko‘chirish, rad qilish to‘g‘risida arz
qilish, dalillar taqdim qilish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ma’muriy ish
yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, ma’muriy ish yuritish
bo‘yicha arz qilish, iltimosnomalar berish, ma’muriy organga og‘zaki va yozma
tushuntirishlar berish, ma’muriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha
masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning
arizalari, iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar bildirib, ma’muriy va
protsessual hujjatlar, shuningdek ma’muriy harakatlar ustidan shikoyat qilish
huquqiga ega”.
1
Demak, yuqridagi kazusdagi M.A. manfaatdor shaxs bo‘lib kelgan. U ushbu
normada ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Yuqorida ham fuqaro
M.A. ma’muriy organning buyrug‘idan norozi bo‘lib, uning buyrug‘ini bekor
qilishni so‘rab, sudga ariza bilan murojaat qiladi.
Dostları ilə paylaş: