Fan va texnika haqida umumiy tushuncha.
Fan haqida tushuncha. Inson paydo bo‘lganidan boshlaboq o‘z atrof-muhitini kuzatishni
boshlaydi. Kuzatishlar orqali kishilar o‘zida bilim hosil qiladi. Hosil bo‘lgan tushunchalar borliq-
mavjudodga yoki muayyan sohadagi tushunchalar yig‘indisi insonda ilmni shakllantiradi. Ijtimoiy
hayotda yoki muayyan sohada olib borilgan izlanishlar orqali yig‘ilgan ilmiy-tadqiqodlarning
ma’lumotlar majmui fan deb yuritiladi. Masalan: Falsafa fani, Tarix fani, Geologiya fani, Yuqori
energiyalar fizikasi fani va hokazolari. "Fan" atamasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib,
tabiat va jamiyatning taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof muhitga ta’sir
ko‘rsatuvchi bilimlar yig‘indisiga aytiladi. Fan haqidagi dastlabki nuqtai nazarlar Qadimgi
Sharqda: Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyoda shakllangan. Shu erda ya’ni Qadimgi Sharq
sivilizatsiyasi jarayonida tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki bilimlar to‘plandi, fan darajasida
tushunib etildi, astronomiya, matematika, ahlok, mantiq fanlari nazariy xulosalarning kurtaklari
paydo bo‘ldi.
Sharq sivilizatsiyasining bu yutuqlarini Qadimgi Yunoniston izchil nazariy sistema sifatida
qabul qildi va qayta ishladi, oqibatda diniy va afsonaviy an’analardan ajralib chiqqan, aniq, fanlar
bilan shug‘ullanuvchi mutaffakirlar shakllandi. G‘arbda yunon falsafasi va yaratilgan ilmiy
merosning katta kismi Rim imperiyasining qulashi (476 y.) bilan XIII-XIV asrlardagi uyg‘onish
davr oralig‘idagi “jaholat davri”da yo‘qotildi. Arab-Islom madaniyati ellinistik merosini faol
o‘zlashtirdi va ijodiy rivojlantirdi.
Bu o‘zlashtirish deb ta’kidlaydi, norvegiyalik olimlar Gunnar Skirbekk va Nils Gilpelar
XVI-XVII asrlarda ilm-fan inqilobiga qadar dunyoning juda katta qismidagi intellektual
madaniyatda etakchilik qilgan. Yangi arab tilidagi an’ananing manbasiga aylangan.
X-XI asrlarda Sharqda, xususan Islom mamlakatlarida juda ko‘p kitoblar yig‘ilgan yuzlab
kutubxonalar mavjud bo‘lib birgina Bag‘doddagi kutubxonada 100 000 ga yaqin, Buxoroda
Somonxudot kutubxonasida 15 000, Xorazmdagi “Dorul hikma va maorif” ilmiy muassasasida
minglab qo‘lyozmalar saqlanmoqda edi. Noyob bu qo‘lyozmalar Sharqda ilm-fanning
rivojlanishiga o‘lkan hissa qo‘shdi.
Texnika haqida umumiy tushuncha. Texnika-(CHesNpe-mahorat, san’at) — moddiy boylik
olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida yon atrofdagi tabiatga
ta’sir qilishiga imkon beradigan vositalar va ko‘nikmalar majmuidir. Asosiy vazifasi — inson
mehnatini engillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali
foydalanishga, Er qa’rini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni o‘zlashtirishga imkon beradi.
«Texnika» termini biror ish (hunar) yoki san’atda qo‘llaniladigan usullarni ham bildiradi
(mas, to‘quvchilik texnikasi, etikdo‘zlik texnikasi, shaxmat o‘yini texnikasi va boshqalar).
Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot ishlab
chiqarish zaruriyati tug‘ilishi bilan yangidan-yangi texnika yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy
jamiyatga borib taqaladi. Umuman, texnika tarixini quyidagi 7 bosqichga bo‘lish mumkin: 1 -
oddiy ishlab chiqarish qurollari va usullarining yaratilishi; 2 - murakkabroq ishlab chiqarish
qurollari va usullarining yaratilishi; 3-odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat
qurollarining yaratilishi; 4-manufaktura ishlab chiqarish sharoitida mashina texnikasining
yaratilishi; 5-ilg‘or mamlakatlarda bug‘ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bo‘lishi; 6-
elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7-avtomatlashtirilgan mashinalar
tizimi va kosmik texnikaning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas, internet)ning
rivojlanishi.
Texnikaning evolyusiya bosqichi ancha uzoqqa cho‘ziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida
dastavval tosh qurollar, keyinchalik o‘q-yoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar
paydo bo‘lgan.
Keyinchalik (mil. av. IV-III ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi.
Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga o‘tildi. Xitoyda mil. av. 2357 yillardayoq temir
ma’lum edi. Kichik Osiyoda mil. av. XIV-XIII asrlarda, O‘rta Osiyoda esa mil.av. IX-VIII
asrlarda temirdan foydalanishga o‘tilgan. Keyinroq, mustahkam mehnat qurollariga bo‘lgan talab
po‘lat ishlab chiqarishga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari,
charxpalak paydo bo‘ldi.
Xarbiy texnikada o‘q yoydan tashqari po‘lat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik
qurilishda turli tok ko‘tarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yo‘llarini yaqin qilish maqsadida
suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni o‘rgandilar. Keyinchalik ko‘p eshkakli
kemalar paydo bo‘ldi. To‘qimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan
birga hunarmandchilik rivojlandi. Elkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Keyinchalik
g‘ildirakli og‘ir va engil pluglar paydo bo‘ldi.
XV-XVI asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel o‘rnida
gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi.
Harbiy texnikada o‘t ochish qurollari, mashina va mexanizmlar paydo bo‘ldi.
XVIII asr oxirida bug‘ mashinasi va to‘qimachilik mashinalarining paydo bo‘lishi sanoatda
inqilobning boshlanishidan darak berdi.
XIX asrda bosma mashina, telegraf apparati, fotog‘rafiya, ichki yonuv dvigateli, samolyot,
radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, texnika transporti rivojlandi
va boshqalar. XX acrda elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi,
hisoblash texnikasi, elektronika, televidenie, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqalar
taraqqiy etdi. XXI asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar)
rivojlana boshladi.
Qanday vazifani bajarishiga qarab, texnika ishlab chiqarish va ishlab chiqarishda
qatnashmaydigan texnikaga (maishiy xizmat ko‘rsatish, maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot
texnikasiga) ajraladi. Ishlab chiqarish texnikasiga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina,
texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yo‘llar,
ko‘priklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloqa vositalari va boshqalar kiradi. Ishlab
chiqarish texnikasining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov
berish, qurilish, tog‘-kon, metallurgiya, qishloq ho‘jaligi, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qog‘oz
tayyorlash mashinalari va boshqalar, transport mashinalari- avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar
va boshqalar, konveyerlar, elevatorlar, kranlar va boshqa nazorat-boshqarish va hisoblash
mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqalar kiradi. Ishlab
chiqarish texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga
aylantirishga xizmat qiladigan energetika texnikasining ahamiyati katta. Xarbiy texnika (tanklar,
artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va boshqalar)
alohida texnika vositalari guruhini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan texnikaga maishiy xizmat ko‘rsatish texnikasi (kir
yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar); transport texnikasi (engil avtomobillar, velosipedlar
va boshqalar); sport texnikasi (poyga mototsikllari va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarishning
tarmoq strukturasiga qarab (masalan, sanoat texnikasi, transport texnikasi, qishloq xo‘jaligi
texnikasi) yoki ishlab chiqarishning alohida struktura bo‘linmalariga qarab (masalan, aviatsiya
texnikasi, melioratsiya texnikasisi), ba’zan texnika alohida tarmoqlarining tabiiy-ilmiy asosiga
qarab (masalan, yadro texnikasi, sovitish texnikasi, hisoblash texnikasi va boshqalar) tasniflanadi.
Dostları ilə paylaş: |