III. MAKTABDA, DARSDA VA DARSDAN TASHQARI VAQTDA
QO’LLANLADIGAN XALQ HARAKATLI O’YINLARI.
XALQ HARAKATLI O’YINLARINING TASNIFI
O’qituvchi har bir darsda bola organizmiga har tomonlama ta’sir etib, turli mashq va
harakatli o’yinlarni tanlashi, shuningdek, o’yinlarni o’tkazish metodikasini o’zgartirib turishi zarur.
Darsda, shuningdek turli o’yinlarni o’tkazish jarayonida o’rganiladigan materialning
metodik jihatdan izchil bo’lishiga e’tibor berilishi lozim. Bu, birinchidan, darsning ta’lim-tarbiyaviy
vazifalarini to’g’ri hal qilish, ikkinchidan, dars materiallarining to’la o’tilishiga erishish,
uchinchidan, butun dars davomida har ir mashqni muayyan me’yorda to’gri olib boorish imkonini
beradi.
21
Agar dars boshida yoki o’rtalarida zo’r e’tibor berishni va moslashtirilgan murakkab
harakatlar qilishni talab etadigan o’yin va mashqlar o’tkazilgan bo’lsa, dars oxirida o’quvchilarning
charchagan organizmini birmuncha tinch holatga keltirishga yordam beradigan o’yin va mashqlarni
o’tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalar diqqatini to’plash uchun “O’ylab top” yoki “Tezda
hamma joy-joyiga”, “Man qilingan harakat” singari o’yinlar o’ynalgan bo’lsa, darsning asosiy
qismida yanada harakatchanroq o’yinlarni – “Quvnoq bolalar”, “Qoch bola, kalxat keldi” kabi
o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi.
O’rta yoshdagi o’quvchilar bilan darsning asosiy qismida “Cho’pon, qo’y va bo’ri”, “Oq
tosh”, “Oq ayiqlar” va boshqa o’yinlarni o’tkazish tavsiya qilinadi. Darsning yakunlovchi qismida
kam harakatli “Pat”, “Pr-r-r…” (qush uchishini eslatadigan tovush) va boshqa shular kabi o’yinlarni
o’tkazish lozim.
Agar butun dars davomida faqat o’yin materiallaridan iborat bo’lsa, serharakatli o’yinlarni
kam harakatli o’yinlar bilan, aksincha bir xil xarakterdagi o’yinni ikkinchi xil xarakterdagi o’yin
bilan navbatma-navbat almashtirib o’tkazish kerak.
Agar o’qituvchi sport turlaridan biri texnikasining ayrim elementini o’yin yordamida
bolalarga o’rgatish yuzasidan o’z oldiga muayyan maqsad va vazifalar qo’yadigan bo’lsa, u o’yin
materialining mazmuni va yo’nalishini puxta o’ylab chiqishi zarur.
Masalan, “Topni onaboshiga berma” yoki “To’p ilish” o’yinlari yordamida bolalarga to’p
uzatish va ilib olishni o’rgatish belgilangan bo’lsa, bu vazifani faqat shu o’yinlarni o’ynash usuli
bilangina hal etib bo’lmaydi. Chunki oynayotganlarning asosiy e’tibori to’pni tez uzatish va ilib
olish bilan band bo’lib, texnika elementlarining to’g’ri bajarilishiga rioya qilinmaydi. Agar bu
vazifa tegishli metodik ko’rsatmalarga amal qilib va ba’zi bir o’zgarishlar kiritib o’tkaziladigan
o’yin-estafeta yordamida bajarilsa, maqsadga erishish mumkin.
O’ynovchilarni charchatib qo’ymaslik uchun hayajonli va ermak o’yinlarni ko’p
o’tazavermasdan, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmining imkoniyatini
hisobga olgan holda boshqa xil o’yin va mashqlar bilan qo’shib olib boorish kerak.
Hushyor o’qituvchi ayrim bolalardagi charchash belgilarini (rang o’chishini,
harakatlardagi sustlik va o’yinni davom ettirishni sitamaslikni) hamma vaqt osongina sezadi.
Jismoniy tarbiya darsining muhim xususiyatlaridan biri vaqtdan bir me’yorda ro’g’ri
foydalanishdir. Bunday qilish darsni puxta o’tish imkonini beradi. O’qituvchi o’quvchilarni darsga
aktiv qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek hamma o’quvchilarga
beriladigan topshiriqlarning bir me’yorda bo’lishiga erishishi lozim.
Bunga har bir o’yin va har bir qatnashchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo’li bilan erishish
mumkin. Agar o’ynovchilar soni juda ko’p bo’lsa, bir necha guruh yoki jamoa tuzish, topshiriqni
bajarish uchun beriladigan vaqtni qisqartirish lozim.
22
O’yin paytida o’yin qoidalarini buzgan qatnashchilarni o’yindan chiqarib yuborishga
emas, balki, yaxshisi, ularga jarima ochkolari berishga e’tibor berish kerak.
O’yinning bo’linib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun, unga oldindan yaxshilab tayyorgarlik
ko’rish zarur. O’yin o’tkaziladigan joy va asbob-uskunalarni oldindan tayyorlab qo’yish lozim.
O’qituvchi sport bazasining imkoniyatlarini va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini
hisobga olib, maktab dasturida tavsiya etilgan o’yinlarni o’zgartirishi va ularga qo’shimchalar
kiritishi mumkin.
Harakatli o’yinlarni o’quv yilining choraklari bo’yicha rejalashtirishda ob-havo sharoitini
hisobga olish kerak. Masalan, O’zbekiston sharoitida ikkinchi chorakdan boshqa barcha choraklarda
mashg’ulotni ochiq havoda o’tkazish mumkin. Biroq, yaxshi ob-havo sharoitiga mo’ljallangan
“Dasta chikaldak”, “Oq tosh”, “Qoziq o’yini”, “Tegizsang minasan”, “Bayroq uchun kurashish”
singari o’yinlarni rejalashtirganda ehtiyot uchun bu o’yinlar o’rniga binoda o’tkazilishi mumkin
bo’lgan o’yinlarni ham mo’ljallab qo’yish darkor.
Har bir chorak oxiri uchun belgilangan nazorat mashqlarga bog’lab turli jismoniy
mashqlar kompleksidan iborat bo’lgan o’yinlarni kiritish lozim. Bunday o’yinlar o’quvchilarning
tayyorgarligini, orttirgan malakasini hamda ular harakatlarining tezligi va uyushqoqligini
tekshirishga yordan beradi.
O’yin vaziyatida taktik fikr yuritishni o’stirish uchun o’yin sharoitiga yaqinlashtirilgan
sharoitda, bolalarga o’yinningayrim texnik usullarini o’rgatishda o’yinga “raqib” o’yinchini kiritish
kerak.
Bolalar uchun harakatli o’yinlarning roli ularda muayyan jismoniy xislatlar hosil qilish va
bu xislatlarni o’stirish bilangina chegaralanmaydi. Harakatli o’yinlardan bolalarni intizomli qilib
tarbiyalash va jamoada o’zini to’g’ri tuta bilishga o’rgatish uchun ham foydalanish mumkin. Xuddi
mana shunday kollektivda bolalar birgalikda harakat qilish va o’z o’rtoqlariga yordam berishga
o’rganadilar.
I-IV sinf o’quvchilarida uyushqoqlik bilan bir maqomda yurish ko’nikmalarini hosil qilish
uchun jo’r bo’lib o’ynaladigan o’yinlarni (doira bo’lib aylanib o’yinga tushib, ashula aytib
o’ynaladigan o’yinlar), musiqaga jo’r bo’lib o’ynaladigan o’yinlarni, shuningdek, aytib turilgan
she’r vazniga moslashtirib o’ynaladigan o’yinlarni tanlash lozim.
Shu maqsadda, “Musiqaga jo’r qilib yurish”, “Karusel”, “O’ylab top”, “Kimning ovozi”
singari mashhur o’yinlardan, shuningdek, “O’razan-bo’razan”, “Pat”, “Pr-r-r…”, “Oq terakmi, ko’k
terak” kabi milliy o’yinlardan foydalanish mumkin.
Bu o’yinlar juda oddiy bo’lib, ulardan jismoniy tarbiya darslarida, ayniqsa, darsning
boshlari va oxirlarida muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
23
Turli xil harakatlarda bolalarda ijodiy xayol va mustaqillikni o’stirishga yaxshi yordam
beradigan “Pr-r-r…”, “Pat”, “Kim keldi” singari syujetli o’yinlarni tanlash va o’tkazish ham juda
muhimdir.
Agar darsda bir qancha o’yin o’tilsa, ular turli xarakterda bo’lishi, ularga kiritiladigan
mashqlar va harakat elementlari bir xil bo’lmasligi lozim. O’qituvchi har bir darsning konkret
vazifasini nazarda tutib birorta harakatli o’yinning asosiy vazifasini aniqlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: |