Kutilgan
Fotima uyning darchasidan tashqariga boqib – qanday
chiroyli-a. Ertaga maktabga borib do’stlarim bilan
mazza qilib qor bo’ron o’ynaymiz- deya hayolidan
o’tkazib kutilayotgan erta uchun entikib ketdi. Fevral
oyining tugashiga ham bir hafta qolgan edi. Buni
qarangki hamma joy bu sovuq va muzdek bo’lgan bu
qorlarga bag‘rini ochgan edi. Darchadan qaragan
Fotima bu qorlarni tomosha qilarkan huddi umrida
birinchi marotaba ko‘rayotgandek. – Allohimning
mo‘jizasi , -deb shivirladi o’ziga. U hatto oyog’i ostida
bir has ko’targan chumolini ko’rsa ham – Allohimning
mo‘jizasi der edi. Daraxtlar barglari sokin shabbodada
oxista qimirlaganini va huddi ular Fotimga o’z
sevgilisiga suzilibgina boqqan yorga o’xshab qarab
o’ziga chorlardi. U shunda ham -Allohimning mo‘jizasi
der edi. Yer yuzidagi eng mitti jondan eng ulkaniga ham
bir so’z ishlatar edi. Mana bugun ham bir biriga yo’l
bermay yugurib kim birinchi marra tomon chopayotgan
bolalardek yog‘ayotgan qorlarni o‘zgacha ruh bilan
tomosha qilayapti. Kechasi soat sakkiz. Darcha yonida
Fotima yana Ulug’bek do‘stini esladi. – Ha ertaga u
Fotimaga xat bermoqchi. Yo’q buni Ulug’bek o’zi
aytmagan orqa barotdan Fotimaning qulog‘iga yetib
kelgan. -Hih – deb biroz tabassum qildida – olib
bo‘pman xatini. Nima qilaman olib?! Ahmoq axir
mendan kichik bo’lsa – deya yana hursandgina
tabassum qildi. Mayda qor parchalari sho‘x qo’shiq
aytib yog‘ar Fotima esa zavq bilan tomosha qilar edi.
Yerga zarb bilan otilgan kosa sindi va uning ovozidan
Fotimaning ham tinchi buzildi. Bu ovoz ichkari honadan
keldi. U o‘yladi – Ha dadam yana ichib kelibdilar.
Tezroq kirmasam ayamni urib qo’yadilar – deb
havotirlangancha o’rnidan sakrab turib chap
tomondagi eshikdan yugurib kirdi. Chindan ham dadasi
oyoqda turib bo’lmas darajada mast edi. Bir qo’li bilan
aysining sochlaridan ushlab tinmay eng hunuk so’zlar
bilan so‘kib urar edi. Fotimaning ayasi esa – Qurib
ketsin hammasi. Senga ichirganlarning jazosini bersin –
deb qarg‘anar edi. Fotima tug‘ilgandan beri davom
etayotgan bu urishlarga qanchalik o’rganib ketgan
bo’lsa ham dadasi , qo‘yinki biron kimsa salgina ovozini
ko’tarib gapirsa ham darrov yig’lab yuborardi. Endi bu
holatda u kosaning singan tovushni eshitgandayoq
yig‘lashni boshlagandi. Eshikdan kirishi bilan yugurib
dadasining oyoqlariga yopishdi – Jon dadajon jonim
dada qo’yib yuboring ayamni – deb yig‘layverdi. Ko’p
yig‘laganidan hiqqilab gapirolmay qoldi. Har gal
shunday urishlarda Fotima ayasini himoya qilgani
uchun kaltak yerdi va dadasining ko’chaga chiqib
ketishi bilan yakun qo‘yilardi. Bu safar ham shunday
yakun bo’ldi. Oyoqlariga jon holatda hiqqilab yopishgan
qizini ko’rgan Farhod aka uni qattiq tepib yubordi.
Fotima bu barzangi kapkatta erkakka kuchi yetarmidi
o’zi jimitekkina qiz bo’lsa. Bu tepkidan Fotima bir
burchakka borib tushdi va urush yakunlandi. Aslida
Farhod aka ham oilasining tinchini qizi Fotimaning
baxtini o‘ylardi. Hozir ham yana Fotimani urib
yuborganiga chidolmay o’zini muzdek qorlar o’ynab
yurgan sovuq ko’chaga otdi. Ex ota! Fotimaning ota
deganda keladigan o‘ylari yomon emas edi. Uni qancha
kaltaklasa ham hech qachon dadasi haqida yomon fikr
uyg‘ota olmagan. Otasining ta’rifini bu dunyoda
Fotimaning onasidan o‘zgasi keltirolmaydi. Bu ta’rif
eshitgan inson hali Fotimaning dadasini ko’rmay turib
yomon yo’q nafratlanib qolar edi. Fotima hech
tushunolmas edi – Dadamni ezadigan dard nima ekan?
Nega bunchalar o’zini qiynaydi ? Ex tezroq ulg‘aysam va
dadamga – Dadajon sizni ne dard azoblaydi buni menga
ayting – degisi kelar va malham bo’lishni niyat qilgandi.
Har safar dadasidan kaltak yegan Fotima tezda bir
gunoh ish qilgan taqvodor inson Allohga istig‘for
aytganidek – Baribir dadamni yaxshi ko’raman – deb
yig‘lashdan to‘xtaguncha qaytarar edi ba’zida esa shu
so’zlar bilan tongni qarshilar qushlar sayrashiga
ergashib uchar edi.
Ko’zlarini ochganida tong yorishgan edi. Sakrab
o’rnidan turdi. Qor qanchalik qalin bo’lib yog‘ganini
ko’rishga oshiqdi. Darcha yoniga bordi va – Exxe
qancha qor bugun o‘zgacha kun bo’ladi -deb qo’shiq
aytgancha chiqib ketdi. Maktabga borish uchun
taraddudlangan Fotima oynaga qarar va tinmay
bugungi oladigan maktubini o’ylab kular edi va birdan -
Yo’q Fotima nega quvonasan? Nima sen ham
Ulug’bekni yaxshi ko‘rasanmi? Yo’q yo’q sen oila
qurmaysan. Yaxshi o’qiysan pullaring ko’p bo’ladi juda
mashhur jurnalist bo’lsan. Senga oila kerak bo’lmaydi -
deb o’z o’ziga gapirib ko’zlari mayuslashdi. U dadasini
juda yaxshi ko‘rardi. Esida 3 yoshligida qamoqxonada
katta telefon orqali oynaning ortidan dadasi bilan
gaplashgani. Yoshligida bo’lgan bu hodisani nega hech
ham esidan chiqmaganiga ba’zan Fotima hayron qolar
edi. Axir bu voqea bo’lganida Fotima 3 yosh bo’lgan.
Ana o’shanda oynaning ortida dadasi unga mayus
ko’zlari bilan boqqanida Fotima onasining qo’lida
tipirchilab yig’lab dadasi tomon oshiqgani. U bu holat
haqida faqat shularni eslab qolgan. Qamoqxona nima
va qanday joy? Insonlar qilgan xatolari uchun o’ziga
o’xshagan bir inson tomonidan oladigan jazo
maskanimi? Hasrat bog‘imi?
Dunyodagi eng hunuk joy yoki biron narsa bo’ladimi
Fotima hech ularni hunuk yokida yomon deyishni
hohlamas edi. Shuning uchun ham bir daftarining ichiga
– Men 3 yoshligimda “Hasrat bog‘larida “ dadam bilan
temir gullar terib kezganman. Diydor edi- deb yozib
qo’ygan edi.
Kutilgan kunning tonggi uyg‘ondi. Maktabga bordi va
o’zi o‘ylaganicha barcha do’stlari bilan qorda mazza
qilib o’ynadi. Har gal Fotimga birortasi qordan yasalgan
to‘plarni otmoqchi bo’lishsa uning yonida Ulug’bek
paydo bo’lib o‘ynatgani ham qo‘ymadi. Bu bolalarcha
himoya Fotimaga erish tuyilardi va jahlini chiqarardi.
Maktab tugab uy tomon yo’l olarkan – nega maktub
bermadi?! Axir Bekzod aytgan ediku – senga xat yozdi
berishini aytdi – deb. Hozir na maktubidan na o’zidan
habar bor.
26 – fevral kuni Fotima shunaqangi hursand ediki –
Ayajon bahor kelishiga ham ikki kun qoldi. Qanday
yaxshiya men gullar ekanman. Moychechakni qachon
eksam bo‘larkan -a ?! Deb Fotima umid to’la ko’zlari
bilan Vasila opaga termuldi. Ex ona! Qalbi vayron
kuyunchak ona. Harchand o’zidan berahm jahldor ayol
yasamasin mehr yomg’iri yuraklaridan yog’ib anhorga
aylanib farzandlarini sug‘orayotgan edi. – Kelsa
kelaveradida bahor. Opang uchun yana bir farzandsiz
bahor -deya qo’lidagi supurgini Yerga uloqtirar ekan
qattiq ho‘rsinib ketdi. Chunki barcha uchun
qayg‘uradigan yagona inson bu Fotimaning ayajonisi
edi.
Bahorni sevardi. Har bahorni intiq kutardi. Har bahor
kelganda doim bir xil gulni Yerga qadardi . Ammo hech
unib chiqmagan. Shu gullarni ko‘kartirish uchun ham
bahorni kutardi.
Maktabga bordi. Yana maktubidan darak yo’q. Uyga
biroz kayfiyatsiz jahli qo‘zg‘algandek qaytdi. Kech bo’ldi
Fotima faqat bir narsani o‘ylardi. Bahor kelishiga 2 kun
qoldi. Tezroq ulg‘aysam. ... Kechki soat o’n. Baqirib
chaqirdan cho’chib uyg‘ondi. Juda tez harakatlar bilan
qo’shni honaga kirdi. Ne ko’z bilan ko‘rsinki dadasi
ayasining bo‘g‘ziga pichoq tiraj turibdi. Bo’ldi Fotima
ortiq chidolmasligini angladi. Shunday g’azabda ediki
nima qilganini bilmasdi. Bir zum chap tomoni biroz
uvishdi. So’ng boshi aylanayotganini his qildi. Shu vaqt
dadasiga qaradi -Dadajon boshqa urishmanglar iltimos
-deya lablari oxista pichirlar edi. Bir zum tik turib yiqildi.
Bu payt Vasila opa – Bolam – deb baqirdi. Farhod aka
esa qo’lidagi pichoq Fotimaning bag‘riga oxistagina
qo’ngan kapalak kabi jon olgani kirib chiqqanini
anglolmay o‘tirardi. ...
28-fevral tong sahar. Hali bomdodga azon ham
aytilgani yo’q. Fotima ko’zlarini zo’r kuch topib ochib
qo’llarini yuziga bosgancha yotgan onasini ko’rdi.
Lablari ham so’nggi marotaba so‘zlashini bilgandek
erkin qimirladi – Ayajon ertaga bahormi! ? Gullarim bu
yil albatta ko‘karib chiqadi. Tushimda ko’rdim. – dedi
so’ng onasi tomonga boshini egib – dadamga ayting
boshqa ichmasinlar bu gunoh ekan -deya indamay
qoldi.Vasila opa uyqudan turib ko’zlarini ochganida
Fotimaning qo’llari muzdek edi...
1-Mart kutilgan bahor keldi. Oradan bir qancha muddat
o’tib qabriston bo’ylab gullar ochildi. Fotimalarning
uylarida boshqa urish bo’lmadi.
2021 yil 14-aprel.
Muallifa : Oisha
Kanalimiz : @Baxtilas_library
Hikoyani o‘zlashtirib olmang. Bu ilk yozgan hikoyam.
Ijodimizni kuzatmoqchi bo‘lsangiz kanalimizga taklif
qilamiz.)
Dostları ilə paylaş: |