Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
balki o‘z-o‘zini ham o‘zgartiradi, qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Mehnat
mashaqqatining shakllanishi insonning, avvalo, mehnat predmetiga, mehnat
qurollariga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Taniqli
nemis olimi Maks Veberning ta’kidlashicha, protestant etikasi tadbirkorlik va
ishbilarmonlikning rivojlanishida, kapitalistik ruhning shakllanishida muhim
omil bo‘lib xizmat qilgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, inson tabiatan gunohkor
ekan, uning istak va ehtiyojlari real imkoniyatlaridan ilgarilab borar ekan, u
halol va ijodiy mehnati bilangina Xudo oldidagi gunohlaridan ozod bo‘lishi
mumkin. Mehnat mahsuli insonning xudoga qilgan eng yaxshi tuhfasidir.
O‘rta asrlar madaniyatining tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘proq diniy-
asketik mazmunga ega edi. Bu davrda madaniyat sohibi bo‘lgan insonning
tabiatga munosabati asosan ilohiyotchilarning diniy ta’limot lariga asoslangan.
Xudoni butun tabiatning ijodkori, yaratuvchisi sifatida talqin etish — bu davr
sxolastik falsafasiga xos muhim xususiyat edi.
Sharq mamlakatlarida keng yoyilgan tasavvuf ta’limotining shakl lanishi
insonning tabiiy ehtiyojlarini cheklash orqali ma’naviy-axloqiy rivojlanishni
ta’minlash bilan uzviy bog‘liq edi. Tasavvuf o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra
moddiy ishlab chiqarishni, tadbirkorlikni qo‘llab–quvvatlamas, dunyoviy ilm-
fanni rivojlantirishni ma’qullamas edi.
Musulmon Sharqi madaniyatining tabiatga bo‘lgan munosabati ulug‘
mutasavvuf Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni «diling
xudoda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiorida o‘z ifodasini topgan edi.
O‘rta asrlar madaniyatida din yetakchi mavqega ega bo‘ldi. Bu davr-
ning ulug‘ mutafakkirlari tabiatni Xudoning buyuk marhamati sifatida
tushuntirishga, Xudoning mavjudligini mantiqiy dalillar orqali isbotlashga
harakat qildilar. Bu davr madaniyati uchun tabiatni ilohiylashtirish xos bo‘lib,
uni ilmiy bilishga imkon bermas edi.
Yevropa Uyg‘onish davri madaniyati tabiat taraqqiyotining mahsuli
bo‘lgan hazrati insonni ulug‘lashga, gumanizm g‘oyalarini keng tar g‘ib
etishga asoslangan edi. Bu davrning ulug‘ mutafakkirlari qadimgi dunyo
madaniyatining ilg‘or yutuqlarini chuqur o‘rganishga, inson aql-zakovati va
yaratuvchanlik qobiliyatini tarbiyalashga, tabiat va inson mohiyatini chuqurroq
bilishga imkon beradigan ilm-fanni rivojlantirishga puxta zamin yaratdilar.
Uyg‘onish davri madaniyatida hurfikrlilik, badiiy ijod, shaxs erkinligini
qo‘llab-quvvatlash yetakchi o‘rinni egalladi. Bu davrning Petrarka, Alisher
Navoiy, Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi singari buyuk san’atkorlari
badiiy ijod bilangina shug‘ullanib qolmay, qomusiy bilimga ega bo‘lgan,
dunyoviy ilm-fan, hurfikrlilik rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk madaniyat
arboblari ham edilar.
Uyg‘onish davri madaniyati tabiatga bo‘lgan munosabatlarda butunlay
38
madaniyatshunOslik asOslaRi
yangicha tamoyillarga asoslandi: hazrati insonni har tomonlama kamol
toptirish, uning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, insonni baxtli qilish uchun
ilm-fan, ma’rifatni rivojlantirish, tabiatni bilish zarur edi.
Uyg‘onish davri insoniyat tarixiga ko‘p asrlar davomida diniy aqidalar
qobig‘ida mudragan Aqlning tom ma’noda uyg‘onishi, uning insonga munosib
farovon hayot sharoitlarini yaratishga imkon beradigan ilm-fan va texnikaning
taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochish davri sifatida kirdi.
Yangi zamon madaniyati tizimida fan va texnika yetakchi o‘rin egalladi.
Shaxs erkinligini oliy qadriyat deb e’lon qilgan burjua davlati tabiat va jamiyat
to‘g‘risidagi fanlarni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor bera boshladi. Bu
davrda madaniyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini ilmiy asosda tadqiq etish,
madaniyatning mohiyatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi bilan inson tabiatni to‘la o‘zlashtirish,
tabiat kuchlarini o‘z irodasiga bo‘ysundirish va, hatto tabiiy taraqqiyotni
jadallashtirish, o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ldi.
XX asr o‘rtalarida fan-texnika sohasida ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlar
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi.
Tabiatshunoslik sohasida erishilgan buyuk yutuqlar, biotexnologiya va
geninjeneriyaning rivojlanishi inson hayotini yaxshilash uchun qator qulayliklar
yaratibgina qolmay, murakkab muammolarni ham keltirib chiqardi: qudratli
texnika yordamida tabiatning jadal o‘zlashtirilishi ekologik inqiroz vujudga
kelishiga, tabiiy energetika manbalarining keskin kamayishiga, atmosferaning
zaharlanishiga, juda ko‘plab noyob o‘simlik va hayvonlar turining qirilib ketishiga
olib keldi. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda tadqiq etish,
ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarning ekologik
xavfsizligini ta’minlash, har bir ilmiy kashfiyotning oqibati uchun olimning
shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, fan etikasi kabi omillar jiddiy hayotiy muhim
ahamiyat kasb eta boshladi.
XX asr boshlarida N. Berdyayev, O. Shpengler singari buyuk mutafakkirlar
fan-texnika inqilobining xatarli oqibatlari Yevropa madaniya tining umumiy
inqirozi bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlagan edilar. Fan-texnika
ravnaqi inson va tabiat o‘rtasida yangicha munosabatlarni shakllantirishni,
ekologik madaniyatni rivojlantirishni talab eta boshladi. Oliy o‘quv yurtlarida
ekolog-mutaxassislar tayyorlash, ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya
sifati va samaradorligini oshirish, ulug‘ ajdodlarimizning yer, suv, o‘simlik va
hayvonot olamini avaylab-asrashga da’vat etuvchi ma’naviy qadriyatlarini
tiklash — ekologik madaniyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridir.
Qator rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun faol
kurashayotgan «yashillar partiyasi» tajribasini o‘rganish, ekologik toza hududlar
vujudga keltirish, ayniqsa, muhimdir.
|