70
madaniyatshunOslik asOslaRi
Nihoyat, shaxsning axloqiy o‘z-o‘zini anglashini tashkil etadigan holat
(burch, mas’uliyat, vijdon, uyat, fazilat va h. k. )lar ham muayyan ruhiy
kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, burch hissi, mas’uliyat hissi,
vijdonan ezilish hissi, uyat hissi va boshqalar. e’tiqodiga ko‘ra faoliyat
ko‘rsatganda inson vaziyatni o‘z bilimlari asosida tahlil etadi, ularni ijobiy yoki
salbiy tarzda baholaydi. Biroq inson o‘ziga taalluqli xususiy muammolarni
hamma vaqt ham ijtimoiy- axloqiy tasavvurlar asosida tahlil etavermaydi.
Inson shunday holatlarga ham duch keladiki, unda masalani zudlik bilan o‘zi
yechishi lozim bo‘ladi. Bunday hollarda kutib o‘tirishga vaqt ham, imkon ham
bo‘lmaydi. Bunda unga axloqiy tuyg‘ular yordam berishi mumkin, inson ularga
suyanib, amal qilib, voqealarga o‘z ruhiy munosabatini bildiradi, g‘ayriixtiyoriy
ravishda yig‘ilgan ruhiy tajribalar asosida yondashadi. Bu narsa hissiyotlar va
da’vatlarda o‘z ifodasini topadi.
Axloqiy munosabatlar axloqiy madaniyatning elementi sifatida ijtimoiy
munosabatlarning alohida ko‘rinishidir. U axloqiy faoliyat jarayonida kishilar
o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro aloqalar yig‘indisidir. Kishilar faoliyatidagi
o‘zaro axloqiy aloqalarning usuliga qarab, bu munosabatlar mazmuni va
shaklini tasnif qilish mumkin.
Axloqiy munosabatlar mazmunan burch kategoriyasida to‘laroq namoyon
bo‘ladi. Umumiy olib qaralganda, insonning axloqiy burchi, majburiyati uning
jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga munosabatida aks etadi va uni
shunga asoslanib tasnif qilish mumkin. Insonning jamiyat oldidagi burchi uning
halol mehnat qilishi, o‘z Vataniga, o‘z kasbiga va oilasiga sodiqligi kabilarda aks
etadi. Oilaviy turmush axloqi, ayollarga munosabati, sevgi, do‘stlik, olijanoblik,
baxt, jasurlik kabi hodisalarda
insonning jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-
o‘ziga axloqiy munosabati mujassam bo‘ladi.
Axloqiy munosabatlar shaklan tasnif etilganda axloqiy talablarni ko‘zda
tutadi. Bu talablar har bir kishining muayyan vaziyatda o‘zini qanday
tutishiga oid yo‘l-yo‘riqlari shaklida; kishilarning o‘xshash shart-sharoitlardagi
umumiy xatti-harakatlari (axloqiy me’yorlar) shaklida; ma’lum axloqiy
fazilatlarning insonning o‘zida tarkib topishi shaklida; axloqiy ideal shaklida
ifodalanishi mumkin. Shuningdek, bu talablar hamma vaqt shaxsiy axloqiy
munosabatlarning alohida ko‘rinishi bo‘lib, burch, mas’uliyat, sha’n, vijdon,
fazilat kabilar tarzida yuzaga chiqadi.
Kishilar o‘zaro hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatganda, bir-birlari bilan
muayyan munosabatga kirishadilar, ijtimoiy intizomga bo‘ysunadilar, qat’iy
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. 18-b.
2
I. A. Karimov. O‘zbekiston:
milliy istiqlol, iqtisod, mafkura. 74-b.