Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy,
al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur
va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga
ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning
nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi
kunda butun dunyoga ma’lum
1
.
Respublikamizda mustaqillik sharofati tufayli merosimizning ana shu
qatlamlarini o‘rganishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xatolarga tom ma’noda
barham berilmoqda, asrlarga tengdosh milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz
tiklanmoqda, madaniy merosimiz o‘zining ulug‘vor ruhi va salobati bilan
xalqimiz ma’naviy dunyosining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Diniy
ruhda yozilganligi uchun o‘rganilmay kelingan Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Shayx Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandlarning
sermazmun diniy-falsafiy asarlarining, hukmron sinf vakillari bo‘lganligi uchun
o‘rganilishi man qilingan Amir Temur, husayn Boyqaro, Bobur, Feruz kabi
buyuk ajdodlarimizning adabiy-badiiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining
endilikda har tomonlama tadqiq etilayotganligi ana shu katta o‘zgarishlardan
nishonadir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona siyosat madaniyatimizning
ichki salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga sharoit yaratish bilan bir qatorda,
uning xalqaro maydonda o‘zligini namoyon qilishi uchun ham keng imkoniyatlar
ochmoqda. Jumladan, san’atning xilma-xil yo‘nalishlari taraqqiyotida muhim
bosqich hisoblangan respublika miqyosidagi turli konkurslar va festivallardan
tashqari «Teatr: Sharq-G‘arb» xalqaro festivalining, Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi mamlakatlari XI xalqaro musiqa festivalining katta muvaffaqiyatlar
bilan o‘tkazilganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi.
hozirgi paytda butun dunyoda madaniyatga umuminsoniy qadriyatlar
nuqtai nazaridan turib baho berish, uning diniy, sinfiy, milliy, mintaqaviy
jihatlaridan qat’i nazar unga inson ruhiy, ma’naviy izlani shining mevasi,
insonning o‘z-o‘zini anglashi, kamolotga intilishining bir bosqichi, ko‘rinishi
sifatida qarash, va shundan kelib chiqqan holda, ularni tabiiy-tarixiy rivojlanish
davomida yuzaga kelgan oliy bir ijtimoiy ne’mat deb bilish ustuvor bo‘lib
bormoqda.
Madaniyatning rivojlanishiga turli ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Madaniyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ichki omillar haqida gap ketganda,
birinchidan, yuqorida biroz to‘xtalganimiz, o‘tmishda madaniyat rivojlanishida
erishilgan yutuqlar, muvaffaqiyatlar, natijalarning, boshqacha qilib aytganda,
1
I. A. Karimov. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari. T.: «O‘zbekiston», 1995, 52-b.
22
madaniyatshunOslik asOslaRi
vorislik jarayonining roli katta ekanligini ko‘rsatish lozim. Bu jarayon madaniyat
rivojlanishidagi keyingi bosqich xususiyatlarini, ko‘lamini asosli ravishda
belgilab beradi. Qadimgi, o‘rta asrlar, yangi davr madaniyati yutuqlari
bo‘lmaganda va kishilar ularni ijobiy o‘zlashtirmaganda edi, madaniyat
rivojlanishining hozirgi darajasi ham yuzaga kelmagan bo‘lur edi. haqiqatan
ham, Gippokrat, Ibn Sinoning tibbiy qarashlari, Aflotun, Arastu, Forobiy,
Gegel, Feyerbaxning falsafiy ta’limotlari, Pifagor, Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘bek,
Brunoning tabiiy-ilmiy izlanishlari, Suqrot, Xayyom, F. Petrarka, Navoiy ning
o‘ziga xos, takrorlanmas gumanistik g‘oyalarisiz bu sohalardagi hozirgi zamon
yutuqlarini tasavvur ham qilish mumkin emas.
Ikkinchidan, turli madaniyat shakllarining o‘zaro ta’siri ham umuman
madaniyat rivojlanishiga keskin ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan,
fanda erishilgan yutuqlar madaniyatning boshqa sohalarining rivojlanishini
tezlashtirishga xizmat qiladi. O‘rta asrlarda madaniyatning tarkibiy qismi
bo‘lgan dinning madaniyatning boshqa jabhalariga ko‘rsatgan ta’siri ham
fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bu davrda, bir tomondan, din dunyoviy bilimlar,
qarashlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, o‘ziga xos
takrorlanmas diniy-falsafiy qarashlar, adabiyot va san’at asarlari yuzaga keldi.
Madaniyat rivojlanishi har bir tarixiy davrda, bosqichda hal qilinishi lozim
bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, texnik muammolardan tashqarida, ularning
ta’sirisiz sodir bo‘lishi mumkin emas. Madaniyat rivojlanishiga ta’sir qiladigan
tashqi omillar masalasiga kelganda, avvalo, jamiyat iqtisodiyotining, xalq
moddiy farovonligining, turmush darajasining roli katta ekanligini ta’kidlash
lozim.
Dastlab iqtisodiyotning rivojlanishi va aqliy mehnatning jismoniy
mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida ma’naviy madaniyatning kamol
topganligini alohida ta’kidlamoq lozim. Bu ajralish umuman madaniyatning
shiddatli rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Jamiyat iqtisodiyotidagi
yuksalishlar hamma vaqt madaniyat taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar
yaratadiki, buni quyidagilarda yaqqol ko‘rish mumkin:
Birinchidan, bu rivojlanish ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan
yangi obyektiv bilimlar rivojlanishini taqozo qiladi va unga turtki beradi.
Ikkinchidan, iqtisodiy yuksalishlar madaniyat, uning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik
qilishning moddiy-moliyaviy asoslarini kengaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar esa,
madaniyat rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi: madaniy dasturlarning qisqarishiga,
ilm-fan, adabiyot va san’atning ahvoli og‘irlashishiga olib keladi.
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 140-b.
|