Tarix
falsafasining
funksiyalari.
Tarix
falsafasining
funksiyalari
to’g’risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va o’ziga xos jihatlarini to’la
anglab yetish mumkin emas. Tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi ekanligiga
asoslanib, tarix falsafasining funksiyalari umuman falsafaning funksiyalari bilan
asosan bir xil, deb taxmin qilish mumkin. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik
kerakki, tarix falsafasi o’z alohida obyekti, predmeti, metodlari, tadqiqot
maqsadlari va vazifalariga ega va bu uning muayyan xususiyatlari mavjudligidan
dalolat beradi. Quyida ularni ko’rib chiqamiz
Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi shundan iboratki, u insonda
tarixga, ya’ni jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi, tarixiy jarayonning
yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va yo’nalishiga, insonning undagi
o’rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi.
Tarix falsafasining nazariy funksiyasi shundan iboratki, u tarixiy jarayonni
teran anglab yetish va u haqda nazariya, ya’ni tarixiy jarayonning mavjudligi,
mazmuni, rivojlanish yo’nalishi haqidagi qarashlar tizimi darajasida xulosa
chiqarish imkonini beradi. Tarix falsafasining mazkur funksiyasi tarixiy o’tmishni
nazariy darajada rekonstruksiya qilishni amalga oshirish, tarixiy dalillar va
voqyealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Tarix falsafasining metodologik funksiyasi uning qoidalarini tarixiy
o’tmishning u yoki bu ijtimoiy fanlar doirasida o’rganiluvchi ayrim hodisalari va
voqyealarini o’rganish jarayonida amalga tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Bu
holda tarix falsafasining qoidalari va xulosalari tarix, sosiologiya, iqtisod,
siyosatshunoslik, huquq falsafasi, psixologiya va boshqa fanlar sohasida amalga
oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o’ynaydi.
Tarix falsafasining prognostik funksiyasi shundan iboratki, tarixiy jarayon
qonuniyatlarini bilish jamiyat, uning ayrim kichik tizimlarining rivojlanish
tendensiyalarini, tarix voqyealari, kishilar faoliyatining yaqin va uzoq kelajakdagi
oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu
ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin.
Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining ko’rib chiqilgan funksiyalari bir-
biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga o’tadi. Ularning har biri qolganlarini nazarda
tutadi va ularni o’z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi.
Dostları ilə paylaş: |